Davlat tashkilotlari uchun navbatdagi seminar tashkil etildi!
Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 2024-yil 20-iyun kuni shahardagi umumta'lim maktabi direktorlari va kadrlar bo‘yicha inspektorlari, davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son "Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shaklllantirish to‘g‘risida"gi Farmonining mazmuni-mohiyatini tushuntirildi.
Shu bilan bir qatorda seminar davomida, E-huquqshunos tizimida ishlash bo‘yicha tavsiyalar berilib, mehnat qonunchiligida hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari bo‘yicha nazariy tushunchalar berildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i v.b. B.Sharipov