October 13, 2023

13-sonli umumiy o`rta ta'lim maktabida targ`ibot o`tkazildi.

13-sonli maktab
13-sonli maktab

Joriy yilning 11-oktabr kuni Termiz shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimlari tomonidan shaharda joylashgan 13-sonli umumiy o`rta ta'lim maktabida targ`ibot tadbiri o`tkazildi. Tadbirda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O`zbekiston-2030” strategiyasi to`g`risida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, targ`ibot davomida ishtirokchilarga jinoyatchilik qarshi kurash, uning oldini olish chora-tadbirlari va mehnat qonunchiligi yuzasidan ham tashkilot xodimlariga tushuntirishlar berildi.

Termiz shahar adliya bo`limi YXKM

2023-yil 11-oktabr.