October 13, 2023
Maktabgacha va maktab ta'lim bo`limida targ`ibot-tadbiri o`tkazildi.
Joriy yilning 11-oktabr kuni Termiz shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi va Madad huquqiy maslahat byurosi xodimlari tomonidan Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'lim bo`limida targ`ibot=tadbiri o`tkazildi. Shahardagi maktab direktorlari ishtorikida o`tgan targ`ibotda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O`zbekiston-2030” strategiyasi to`g`risida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, targ`ibot davomida ishtirokchilarga jinoyatchilik qarshi kurash, uning oldini olish chora-tadbirlari va mehnat qonunchiligi yuzasidan ham tashkilot xodimlariga tushuntirishlar berildi.