September 12, 2023

Chet elda qayd etilgan tug‘ilishni FXDY bo`limida axborot tizimiga kiritish tartibini bilasiz-mi?

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
1. Chet elda qayd etilgan hujjat legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan, zaruratga ko‘ra, davlat tiliga tarjima qilingan bo‘lishi lozim.
2. Ota-onasi yoki ulardan biri, yaqin qarindoshlari, vasiy (homiy)lari yoki ota-onasi yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, bolaning ota-onasi (vasiy yoki homiysi) yoki ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim. Shuningdek, 2000-yildan avval tug‘ilgan shaxslarningma’lumotlari ham axborot tizimiga kiritiladi va Personallashtirish agentligiga hududiy adliya organining mas’ul xodimi tomonidan yuboriladi.
3. Guvohnomada bolaning familiyasi va (yoki) ota ismi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, murojaat qiluvchining arizadagi ko‘rsatmasi asosida familiya va (yoki) ota ismi ustuniga “XXX” belgilari qo‘yilgan holda axborot tizimiga kiritilishi mumkin. Agar murojaat qiluvchi “XXX” belgilari bilan axborot tizimiga kiritilishini istamasa, u holda axborot tizimiga kiritish rad etiladi.
4. Hujjat eksterritorial tamoyil asosida fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar istalgan FHDY bo‘limi tomonidan kiritiladi. Axborot tizimiga ma’lumotlar aniq va to‘liq kiritilishi shart (belgilangan shakllar asosida).
5. Ariza bir ish kuni davomida ijro qilinadi. Arizaga kirish raqami sifatida axborot tizimiga kiritilgan hujjatning ID raqami yoziladi (axborot tizimiga kiritish rad etilgan taqdirda arizani ro‘yxatga olish umumiy asoslarda amalga oshiriladi). Hujjatlarni aslini ko‘rib, nusxasi arizaga ilova qilingan holda olib qolinadi va 15 yil davomida saqlanadi. Zaruratga ko‘ra, FHDY bo‘limi tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Hujjatlar alohida yig‘majild shaklida yuritiladi va har yil yakuni bo‘yicha tartib bilan tikiladi.

Muallif:

Termiz shahar adliya bo`limi FHDY bo`limi mudirasi M.Sidiqova