January 15
Termiz shahar adliya bo`limida "Ochiq eshiklar kuni" o`tkazildi!
Joriy yilning 15-yanvar kuni Termiz shahar adliya bo`limida Termiz davlat universiteti o`qituvchisi A.Avliyoqulov va yuridik fakulteti talabalari ishtirokida adliya bo`limlarining faoliyati bilan yoshlarning xabardorligini oshirish hamda bu borada ularga ma’lumotlar taqdim etishga qaratilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida yoshlarga adliya bo`limining tarkibidagi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish, Yuridik xizmat ko`rsatish markazi, FHDY va Davlat xizmatlari markazlarining faoliyatlari bilan yaqindan tanishtirildi. Yoshlarning tarkibiy bo`linmalarning faoliyati bo`yicha berilgan savollariga xodimlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Tayyorladi