June 7

Qonunchilikdagi yangiliklar davlat tashkilotlariga yetkazildi!

Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 19-apreldagi “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-68-son, 2024-yil 30-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-69-son, “Ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-son Farmonlari, hamda 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son, ”Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-163-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida, hamda Yoshlar huquqlari davlat himoyasida mavzusida Termiz Davlat universiteti, 11506-sonli Harbiy qismda hamda boshqa bir qator davlat tashkilotlarida targ‘ibot-tadbirlari o‘tkazildi.

Muallif:

Termiz shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.