Navro’z bayrami kuni kursdoshlar bilan Alisher Navoiy nomidagi kinotetarga tushdik (eski Panorama). Kinoteatr peshtaxtasida bir biridan ajoyib kinolar reklamasi ilib tashlangan. Biz ham “usti yaltiroq ichi qaltiroq” bittasiga tushdik. Tushgancha har xolda bunday fikrda emas edim. Kinoni nomi kassabop “Snayper”. Reklama yuzini Ulug’bek Qodirov va na chiroyi, na figurasi bor bir qiz bezab turibdi. To’g’risi bunaqa aktrisa borligini birinchi marta ko’rishim. Film boshlandi. Terrorchi ayol beliga shahidlik kamarini bog’lab maktabga kirib ketdi. Shahidlik kamari na yashirilgan, na ayol chekkaroq bir joydan oshib tushgan. To’g’ri lang ochiq darvozadan kirib kelyapti. Men o’zimni maktabimga borsam ham qorovuldan ruxsat olib kiraman. Mayli shu...