Buxoro davlat universiteti hamda Malayziyaning QS jahon reytingida 60-o‘rinda turuvchi Malaya universiteti o‘rtasida hamkorligi natijalari
Buxoro davlat universiteti hamda Malayziyaning QS jahon reytingida 60-o‘rinda turuvchi Malaya universiteti o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra olib borilayotgan hamkorlik asosida 2024-2025-o‘quv yili kuzgi semestridan boshlab Xorijiy tillar fakulteti “Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik” kafedrasi dotsentlari M.B.Axmedova, Z.T.Safarova hamda Malaya universiteti professori Dr Nurul Huda Hamzah tomonidan TIE 1009 kodli 120 soatdan iborat “Effective writing” fani hamkorlikda olib borilmoqda.
Shuningdek, QS Yevropa universitetlari reytingida 401-450 o’rinda turuvchi Turkiyaning Istanbul Tijorat universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida GNL353 kodli “Yevrosiyoda madaniyat va siyosat” fani o‘quv rejaga kiritildi. Unga ko‘ra “Ingliz tilshunosligi” kafedrasi mudiri professor Z.I.Rasulov va Istambul Tijorat universiteti dotsenti, PhD Zebiniso Kamalovalar hamkorlikdagi darslar onlayn va oflayn tarzda olib borilmoqda. Darslarda Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz) va Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz) yo‘nalishi talabalari ishtirok etib, chuqur bilim va amaliy ko‘nikma olishmoqda. Hamkorlik kelgusida ham davom etadi va loyiha doirasida talabalar Turkiya hamda Malayziyada amaliyot o‘tab qaytishadi.