Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetiga Buxoro viloyati prokurori Ulug‘bek Hamdamov, Buxoro tuman hokimi Anvar Ochilov hamda tumandagi sektor rahbarlari tashrif buyurib universitet rektori O.X.Xamidov hamrohligida fakultetda amalga oshrilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdilar, shundan so'ng olimlar bilan uchrashuv bo'lib o'zaro fikr almashinildi. Ushbu tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad Buxoro tumani aholisini kambag'alchilikdan chiqarish maqsadida aholi xonadonlariga qishloq xo'jalik ekinlarini ekishni ilmiy asosda yo'lga qo'yishni keng joriy qilishda olimlarning ilmiy loyihalarini taqdimoti ham bo'lib o'tdi.
Kundan kunga O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha islohotlar takomillashtirilmoqda. Shu maqsadda 13-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
”Kafedralar kuni” tadbiri doirasida Buxoro davlat universiteti “Kimyo va neft-gaz texnologiyalari” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Axborot-resurs markazida bir qator tadbirlar tashkil qilindi. Jumladan, “Kimyo va neft-gaz texnologiyalari” kafedrasi professor-o'qituvchilari G.A.Xudoynazarova, M.A.Tursunov, Z.Q.Qodirova, Z.A.Sulaymonova, E.A.Xudoyarova, Sh.Sh.Xudoyberdiyev va tyutor M.Avliyoqulova tomonidan kafedrada yaratilgan o'quv adabiyotlari taqdimoti tashkil qilindi. Shuningdek, sohaga oid elektron adabiyotlarning taqdimoti o’tkazildi. ARM bosh kutubxonachisi S.Xolova tomonidan mazkur kafedraning professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirokida ARM ga sayohat tashkil qilindi.
Buxoro davlat univeriteti 70220301- Tarix (Yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi birinchi bosqich magitrlari bilan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent B.N.Rizayev rahbarligida Tarixiy rekonstruksiya fanidan sayyor dars tashki etildi.
"Oʻz biznesingni boshla" tadbirkor qizlar klasterini tashkil etish mavzusi yuzasidan Tabiiy fanlar va Agrobiotexnologiya fakulteti dekan maslahatchisi M.Togʻayeva hamda tyutorlar boshchiligida faol tadbirkor ayol Nosirova Matluba "Tikuvchilik va trikotaj mahsulotlarini eksport qilish" yuzasidan seminar trening tashkil etildi.
Именно под таким девизом с 9 по 13 декабря в московском «Президент-Отеле» проходит. 1й Евразийский конгресс лингвистов – масштабное международное научное событие объединило свыше 500 учёных из 46 стран. Его проведение приурочили к 300-летию Российской академии наук. В рамках конгресса были представлены ключевые направления развития современной лингвистики и ведущие мировые научные школы.
Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida talabalar va tyutorlar hamkorligida “Konstitutsiya -adolat tantanasi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o'qituvchilar, tyutor va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni fakultet dekani A.Qodirov kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbirda talabalar tomonidan ko'rgazmali chiqishlar amalga oshirildi.
Unda doimiy komissiya raisi Yavmutov Dilshod Shoyimardonqulovich hamda komissiya a’zolari ishtirok etishdi.
2024-yil, 27-noyabr kuni soat 10:00 da "DOKTORANTLAR MINBARI" deb nomlangan navbatdagi Ilmiy seminar bo`lib o`tdi. Seminarning navbatdagi qahramoni Buxoro davlat universiteti 3-bosqich Kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi tayanch doktoranti Ganiyev Baxtiyor Shukurulloyevich bo`ldi.
Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti Tarix ta’lim yo‘nalishi 5-4 TAR 21 guruh talabalari bilan Namangan Impuls tibbiyot instituti professori, tarix fanlari nomzodi Qozoqov Tohirjon hamda Turizm bo’yicha xalqaro toifadagi mutaxassis Rustamov Abdurashidlar bilan Manbashunoslik va tarixshunoslik fani doirasida Jahongir Ergashev ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o’tkazildi.