#yangilik #новости #news
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI OBIDJON XAFIZOVICH XAMIDOVNING “14 YANVAR - VATAN HIMOYACHILARI KUNI” MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
Qadrli hamkasblar, aziz talabalar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buxoro davlat universiteti nomidan chin qalbimdan tabriklayman.
“Vatan himoyachilari kuni” mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinchligi va osoyishta hayotini himoyalashga qodir bo’lgan, istiqlol yillarida ravnaq topib, yaxlit va ishonchli kuchga aylangan Milliy armiyamizda xizmat qilayotgan harbiylargagina emas, balki yurt tinchligi va osoyishtaligiga mas’ul har bir vatandoshimiz uchun faxrli bayramga aylangan. O`tgan muddat davomida milliy armiyamiz zamon talabiga mos tarzda shakllandi. Nainki davlat xizmatchisi balki, har bir yurtdoshimiz qonida vatanparvarlik ruhi jo`sh urmoqda, desak aslo mubolag`a bo`lmaydi. Shu ma`noda, ushbu sanaga munosib har bir vatanparvar vatandoshimizga, pedagoglarimiz, xodimlarimiz, talabalarimizga mustahkam sog’lik, baxt va omad, Ona-Vatanni himoya qilishdek sharafli ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. G’ayrat va shijoat, mardlik va jasorat siz azizlarni tark etmasin! Shu bilan birga, osoyishta hayotimizning qadriga yetish, tinchlik va barqarorlikni asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini alohida ta’kidlamoqchiman. Universitetimizda mehnat qilayotgan barcha ustozlarni, talaba-yigitlarni, barcha-barchani, Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan muborakbod etaman.
Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Hurmat bilan Buxoro davlat universiteti rektori, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamidov Obidjon Xafizovich