October 22, 2024

AHOLI O‘RTASIDA SOGʻLOM TURMUSH TARZINI KENG OMMALASHTIRISH DOLZARB MUAMMO

Jamiyatimizning ma’naviy-madaniy yangilanishi, sog‘lom va barkamol avlodning tarbiyasi, fuqarolarning yangidan shakllanishida oliy ta’lim sohasi mutaxassislari zamon talablariga javob berishlari lozim.

Bugungi kunda dunyo makonida kechayotgan innovatsion o‘zgarishlar salomatlikni asrashga yo‘naltirilgan texnologiyalarining keng ko‘lamda rivojlanishiga olib kelishi bilan bir qatorda insonning o‘zida salomatlikni asrashga yo‘naltirilgan tafakkur va ehtiyojni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etib, jamiyat infrastrukturalarida, jumladan aholining keng qatlamlarida sog‘lom turmush madaniyat asoslarini odatlantirish shubhasiz muhim ijtimoiy masala hisoblanadi.

Kuni-kecha yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirishga qaratilgan yig‘ilishda badantarbiya qilish, yugurish, velosiped haydash kabi odatlarni targ‘ib qilish, yengil kasalliklarni ham dori bilan tuzatishga o‘rganib qolishning oldini olish zarurligi qayd etildi. Bu yo‘nalishda tushuntirish ishlarini, ayniqsa 30 yoshdan katta aholiga mo‘ljallangan ommaviy dasturlarni ko‘paytirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek yig‘ilishda quyidagi ijtimoiy dolzarb muammolar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi:

1. Oxirgi yillarda kasalliklar turi va yosh xususiyatlarining salbiy tomongan o‘zgarishi, tibbiyot sohasida profilaktik tajribalarning oshib borayotgan bir davrda insonlarning dori darmonlar ta’sirida kasalikka moslashishi ortib borishi sababli tabiiy sog‘lomlashtiruvchi vositalar ahamiyatining ortib borishi.

2. O‘zbekistonda 30 yoshdan katta aholini ommaviy sport bilan bilan qamrab olishning yagona dasturini joriylanishi.

3. Mahallalarda oddiy jismoniy tarbiya vositalaridan jismoniy mashq, yurish, yugurish, velosiped haydashni chorlash va eng muhimi ushbu vositalarning foydali xususiyatlariga doir integral (psixologik, fiziologik ijobiy o‘zgarishlar) ma’lumotlarni ommalashtirish.

4. Ommaviy sog‘lomlashtirish dasturlarida faol ishtirokchilari orasida mutloq va nisbiy reytinglarni aniqlash, eng yaxshi mahalla va oilalarni rag‘batlantirish amaliyotini ommalashtirish muhim ijtimoiy masala bo‘lib qolmoqda.

Albatta jahon tajribasida jismoniy tarbiya va sport vositalarining insonlar salomatligini oshirishning ta’sirchanlik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha nashr etilgan va amaliyotda eksperimental isbotini topgan zamonaviy metodikalar va sog‘lomlashtirish texnologiyalar salmog‘i yildan yilga kengayib bormoqda.

Prezidentimizning sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirishgadoir chaqiriqlariga binoan, bugungi kunda Buxoro davlat universitetining professor - o‘qituvchilari tomonidan ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hafatda 2 marta 5000 qadam yurish marafoni, 1 kun ziyorat velomarafoni va 3 kun sportning o‘yin turlari bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida professor-o‘qituvchilarni jismoniy salomatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzi odatlarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani v/b professor (PhD) Inoyatov Abdullo Shodiyevich.