May 7, 2024

Xotira abadiy, inson muqaddas

9-may - Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun. Ana shu ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o`rin egalladi, izchil islohotlarning, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo`lining bosh yo`nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida o`zining mustahkam ifodasini topdi. Zotan bugun O`zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati ulug`lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi.

Bugun, Buxoro davlat universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati Buxoro viloyati bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, BuxDU hamkorligida “Xotira abadiy, inson muqaddas” ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabada o`zbek xalqining qo`shgan hissasi nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Dastlab bosh bino foyesida Milliy gvardiya Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan maxsus vositalar va qurol yaroq ko’rgazmasi tashkil etildi. Universitetda bir necha yil faoliyat ko’rsatgan faxriy ustozlar kutib olindi.

BuxDU faollar yig`ingohida tadbirning badiiy qismi О‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etish bilan boshlandi.

Tadbir boshlanishida Buxoro davlat universitetida faoliyat yuritib kelgan marhum professor-o’qituvchilar, xodimlarning hotirasiga bag’ishlangan video rolik namoyish etildi.

Tadbirni Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor kirish so’zi bilan ochib berdi.

“El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog`idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko`rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o`tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g`amxo`rlik va e`tibor ko`rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma`no-mazmun bilan boyidi”, deydi Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov.

Shuningdek, tadbirda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo’yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik J.R.Bozorov, Tarix va yuridik fakulteti Tarix fanlari doktori, professor Sh.A.Haitov yig`ilganlarga xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug` fazilatlaridan biri ekanligini ta`kidlab o’tishdi.

Madaniy-ma’rifiy tadbir davomida Buxoro shahar 2-umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘quvchilarining xor jamoasi ishtirokida musiqiy chiqish namoyish etildi.

Shuningdek, BuxDU faol talabalari o’zlarining II jahon urushi holati aks etgan sahna ko’rinishlarini ijro etishdi.

Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasining maxsus otryadi bilan Ichki ishlar akademiyasi litseyi о‘quvchilari o’zlarining jangovar sahna chiqishlarini namoyish etishdi.

Tadbir davomida BuxDU hududida barpo etilgan “Ustozga ehtirom” monumentining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda universitetda bir necha yil faoliyat yuritgan faxriy ustozlar, universitet rahbariyati, Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari, professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida Buxoro yozgi oshxonasida faxriy ustozlar, universitet professor-o’qituvchilari hamda talabalari uchun bayram dasturhoni tashkil etildi.

Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo`limi tomonidan tayyorlandi.

Fotomuxbir: Bekzod Bafoyev

Videomuxbir: Sobitjon Xalilov