“Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistrantlari uchun “Adabiyot va san’at muzeyi”ning qo’lyozmalar fondida sayyor dars
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistrantlarida mutaxassislik fanlaridan hisoblangan “Matnshunoslik nazariyasi” fanidan “Adabiyot va san’at muzeyi”ning qo’lyozmalar fondida sayyor dars o’tkazildi. Sayyor dars o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Amonova Zilola Qodirovna tomonidan o‘tkazildi.
Sayyor dars mavzusi “Qo’lyozma manbalar. Xattot va kotiblar yozuv uslublarining o’ziga xosliklari” bo‘lib, unda qadimiy manbalar, xattotlik maktablarining shakllanish tarixi, bir-biridan farqi va ularni o’rganishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Darsda forsiy va turkiy tilda yozilgan manbalar, jumladan, Alisher Navoiyning Devoni (XIX asrda ko’chirilgan), “Mahbub ul qulub” (Qo’qon toshbosmasi) Qur’oni Karim tafsiri, bir qancha qit’alar (muqattaotlar) bilan tanishildi.
Arab harflariga husn kiritish va ularni tobora go’zallashtirishga bo’lgan intilish natijasida bu yozuv san’at darajasiga ko’tarilgan. Mazkur holat arab yozuvining dunyo yozuvlaridan farqli jihatlaridan biridir. Bu san’at qadim davrlardan beri husnixat (kalligrafiya) nomi bilan shuhrat qozongan. Talabalar sayyor dars davomida arab yozuvining grafik asoslari bir xil bo’lishiga qaramasdan harflar shakl jihatdan turli uslublarda taraqqiy etganligiga amin bo’ldilar.