November 19, 2024

“Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni namunali o‘tkazaylik!                                                          

2024-yil 19-noyabr kuni soat 9:00 dan universitet binolarni saqlash va obodonlashtirish departamentining 154 nafar ishchi-xizmatchilari, jumladan chilangar-santexnik, elektromontyor, qorovul, o‘quv bino komendantlari, TTJ mudirlari va muhandislari bilan 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumini va “Yong‘in xavfsizligi oyligini” namunali va betalofat o‘tkazish yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda BSvaOD boshlig‘i Sh.Tursunov, kasaba ushyumasi qo‘mitasi raisi B.Qobilov, yuriskonsult G.Najmiddinov, bosh muxandis Z.Ablaberdiyev, bosh energetik J.Raximovlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishni Binolarni saqlash va obodondlashtirish departamenti boshlig‘i Sh.Tursunov ochib, kuz-qish mavsumini va “Yong‘in xavfsizligi oyligini” namunali va betalofat o‘tkazish, ishchi-xizmatchilar kiyim-boshlari kiyishlari, mehnat intizomiga rioya qilishlari, qorovullar postda uxlamasliklari to‘g‘risida o‘z fikrlarni bildirdi.


So‘zga BSvaOD FvaMM sektori fuqaro muhofazasi muhandisi F.Boltayev chiqib, O‘zbekiston Respublika Hukumat komissiyasining 2024 yil 28 oktyabrdagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha yig‘ilishi”ning 2-son bayonni va Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03/20/46-2/5-72-sonli xati hamda Buxoro davlat universitetining 2024 yil 9 noyabrdagi 05/6863-sonli xati talablari ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2024 yil 15 noyabr-15 dekabr kunlari davomida universitetda “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni namunali o‘tkazishlishini ta’minlash, o‘quv binolari va TTJlarda kuz-qish mavsumida yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi borasidagi ko‘rsatmasini o‘qib eshittirib, elektr, gaz va issiqlik ta’minoti qurilmalari, isitish qozonlari, dudburonlar va shamollatish tizimlarining holatini texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligiga hamda ko‘riklar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga,universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari va ishchi-xizmatchilari ishti-rokida yig‘ilishlar, is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq nohush holatlarning oldini olish va ularda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish yuzasidan suhbatlar, viktorinalar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
So‘zga kasaba ushyumasi qo‘mitasi raisi B.Qobilov, yuriskonsult G.Najmiddinov, bosh muxandis Z.Ablaberdiyevlar chiqib, ko‘rilayotgan masala yuzasida o‘z fikr va takliflarni bildirdilar.