Ustozlarga e’zoz va ehtirom
Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat — ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo‘ladi.
Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.
San'atshunoslik fakulteti Tasviriy va amaliy san'at kafedrari professor-o'qituvchilari va San'atshunoslik va pedagogika fakulteti dekani Buxoro davlat universitetda ko'p yillar qilgan mehnatlarini e'tirof etib, ustozlar Azimov Barot Bafayevich, Jumayev Qiryog'di Jo'rayevichlarning xonadonlariga borib tabrikladilar.