August 10, 2023

BuxDU delegatsiyasi Sankt-peterburg shahridagi Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan 1910 yilda qurilgan jome` masjidi tarixi bilan tanishdilar

8-avgust kuni Buxoro davlat universiteti delegatsiyasi Rossiyaning Sankt-peterburg shahrida Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan 1910-yilda qurilgan jome` masjidiga bordilar. Bu yerda masjid mutasaddilari bilan uchrashuv o’tkazilib, masjid tarixi arxitekturasi bilan tanishildi. O’z davrida Rus diyorida mazkur masjidning barpo etilishi xalqimizning bag’rikenglik madaniyatining timsoli deyish mumkin. Ushbu masjid Sankt-peterburgda istiqomat qilayotgan musulmonlarning ibodatlarini to’la-to’kis ado etishlari uchun bugungi kunda ham xizmat qilib turgani diqqatga sazovor.

BuxDU Matbuot xizmati