TATARISTONDA MIRZO ULUG`BEK YODI
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Buxoro shahridagi 1-umumtaʼlim maktablari bilan o`zaro hamkorlikda tashkil etilgan Buxoro filolog olimlari delegatsiyasi joriy yilning 29-31-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal Universiteti Filologiya va madaniyatlararo aloqalari institutida o`tkazilinayotgan “V КАЗАНСКИЙ МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ САММИТ (КILS-2024)”da ishtirok etish barobarida tatar tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, turkologiya, adabiyotshunoslik taʼlim yoʼnalishlarida maʼruza va amaliy mashgʼulot ham olib borishmoqda.
Shuningdek, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda QFUning Filologiya va madaniyatlararo muloqot institutidagi “Mirzo Ulug`bek” markazida Buxoro davlat universiteti filologlari tomonidan ilmiy-adabiy-badiiy tadbir tashkil qilindi. O`zbekistonning Tataristondagi Bosh konsuli Nodir Valijonovich Qosimov va konsullik xodimlari, Institut direktori f.f.d, professor Radif Rifkatovich Zamaleddinov, BuxDU professorlar-o`qituvchilari G`.N.Murodov, D.S.O`rayeva, B.S.Jamilova, D.Z.Rajabov, G.I.Toirova, O.T.Nosirov, R.Z.Rajabova, M.Hamroyeva, R.Z.Qodirova va BDTIdan B.Z. G`afurov, D. I. Nazarova hamda Oliy toifali o`zbek tili va adabiyoti fani o`qituvchisi D.B.Аxmedovalar ishtirok etishdi.
Tadbir tashkilotchichilari BuxDU va QFU professor-o`qituvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbir yig`ilganlarga katta taassurot uyg`otdi. Tadbir so`ngida BuxDu filologlari tomonidan tayyorlangan darslik va o`quv qo`llanmalari, esdalik sovg`alari markazga taqdim qilindi.