“SOG`LOM TURMUSH TARZI-HAYOTIMIZ ASOSI”
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 21- oktyabrida o`tkazgan «Yashil makon» dasturi yig`ilishida soʼzlagan nutqida xalqimiz salomatligi toʼgʼrisida alohida urgʼu berib oʼtdilar.
Yig`ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan hozirgi kundagi global iqlim o`zgarishi, chang-bo`ronlarning tez-tez sodir bo`lishi, suvning kamayishi kabi dolzarb masala va rejalar muhokamasi asosiy masala sifatida ko`rib chiqildi.
Bugungi kunda dunyoda boʼlib turgan murakkab geosiyosiy vaziyat, oziq- ovqat va energiya resurslari taqchilligining ortib borishi, ekologik muammolarning keskinlashib borayotganligi inson salomatligida oʼz taʼsirini oʼtkazmay qolmaydi.
Davlatimiz rahbari oʼz nutqlarida aholining sifatli taʼlim va tibbiyotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida urgʼu berib oʼtdilar. Аynan, mamlakatimizda sogʼlom turmush tarzini keng ommalashtirish masalalariga toʼxtalib:
-badantarbiya qilish, yugurish, velosiped haydash kabi odatlarni targʼib qilish, yengil kasalliklarni ham dori bilan tuzatishga oʼrganib qolishning oldini olish zarurligini qayd etdilar. Bu yoʼnalishda nafaqat aholi orasida balki, yoshlarimiz orasida ham keng targʼibot ishlarini olib borish, har bir korxona rahbari va ishchi-xodimlarining kundalik ish tarzida aylanishi kerak.
Bizning universitetimizda ham yoshlarimiz oʼrtasida tashkillashtirilayotgan sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, “Salomatlik uchun 5000 qadam” yurish marafoni, “Ziyorat velomarafoni”, “Sportni sev, sport bilan yasha”, “Sogʼlom hayot-kelajak poydevori” kabi katta sport tadbirlari jamoa va yoshlarni birdamlik, shijoatga chorlamoqda.
Yoshlar oʼrtasida tibbiy-profilaktik koʼriklarning tashkillashtirilishi, “Jismoniy faollikning salomatlik, ruhiyat va kayfiyat uchun foydasi”, “OITS siz kelajak sari”, “Giyohvandlik-umr zavoli”, “Zararli odatlar-kelajak kushandasi”, “Reproduktiv salomatlik”, “Qon-qarindoshlar oʼrtasidagi nikoh va erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” kabi bir qator tadbirlarda yoshlarimizning tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiyena toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, sport bilan shugʼullanish, kasalliklarning oldini olish, organizmning kasalliklarga qarshi immunitetini oshirish, kerakli vaqtda birinchi tibbiy yordam koʼrsatish kabi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Statistik maʼlumotlarga ko`ra, hozirgi kunda Oʼzbekistonda har oʼn odamdan yettitasida yurak-qon tomir kasalligi uchrayotganligi, boshqacha aytganda 60% dan ortiq odamlarda qon tomir kasalliklari-yurak infarkti, insult, gipertoniyaning rivojlanishi, yoshlar orasida bu kasalliklarning koʼpayishi, kasalliklarning “yosharish” holati har birimizni salomatligimizga befarq boʼlmasligimizga undaydi.
Sogʼlom turmush tarziga rioya qilish, ratsional ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, stress kabi holatlarning oldini olish Prezidentimiz aytganlaridek, kasalliklarni dorisiz davolash va kasalliklarni oldini olishga zamin yaratadi.