November 12, 2024

Zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish haftaligi doirasida

2024 yil 11 noyabr kuni soat 13:00 da Buxoro davlat universiteti iqtisod va turizm fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 29 oktyabrdagi 03/20-4/1-9271-sonli xati va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 12 oktyabrdagi 1/4/23-3314-sonli murojaati asosida joriy yilning 4-11 noyabr kunlari respublikamizning barcha xududlarida aholi (hamma qatlamlari) ishtirokida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi doirasida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotida iqtisod va turizm fakulteti dekan o‘rinbosari L.Jiyanov, 2 nafar tyutorlar va 68 nafar talabalar ishtirok etdi.

Universitet FvaMM sektori muxandisi F.Boltayev tadbirni ochib berib, zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish hamda aholini zilzilada xarakat-lanishga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi asosida universitetda chora-tadbirlar rejasi va uslubiy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazila-yotganligi, zilzila, uning turlari, magnitudasi, rixter shkalasi, eng ko‘p zilzilalar sodir bo‘ladigan xududlar ham zilzila paytida xavfsiz xarakat qilish haqida to‘xtaldi va videorolik namoyish qilindi hamda tyutor va talabalarning savollariga javob berdi.