August 10, 2023

BuxDU delegatsiyasi Rossiya davlat ermitaji direktori bilan uchrashuv o'tkazdi.

Buxoro davlat universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Rossiya davlat ermitaji direktori Akademik Mixail Borisovich Piotrovskiy bilan ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Arxeologiya, muzeyshunoslik, restavratsiya masalalari bo’yicha muzokaralar olib borildi hamda kelishuvlarga erishildi. Uchrashuv davomida Buxoroda "Ermitaj kunlari" ko’rgazmasini tashkil etishga, shuningdek ushbu yo’nalishdagi talaba, magistr, professor-o’qituvchilar uchun Ermitajga stajirovkalar tashkil etishga kelishildi.

BuxDU delegatsiyasi Ermitajning Sharq xalqlari jumladan O’rta Osiyo va G’arbiy Yevropa bo’limlarida bo'ldi. Shuningdek, Ermitajning “Ko’hna manzilgoh” hamda restavratsiya bo’limlarida bo’lib tarixiy noyob eksponatlarni saqlash ularni tiklash, muzeyshunoslik masalalari bo’yicha Ermitaj ilmiy xodimlari bilan fikr almashildi. Buxoro tarixi arxeologiyasi bo’yicha eksponatlar ko’zdan kechirildi. Yangi ma’lumotlar eksponatlar qayd qilindi.

BuxDU Matbuot xizmati