June 11, 2021

Oliy ta'lim muassasalarida Davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi murosasiz pozitsiyasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining oraliq natijalarini professor-o‘qituvchilar va talabalarga yetkazish

Oliy ta'lim muassasalarida Davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi murosasiz pozitsiyasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining oraliq natijalarini professor-o‘qituvchilar va talabalarga yetkazish” mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Yig‘ilish ZOOM platformasi orqali tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, guruh murabbiylari,talabalar ishtirok etdilar. Uchrashuv Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashabbusi bilan hamda agentlik huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamkorligida amalga oshirildi. Uchrashuv ma'ruzachilari “ Uchrashuv bir-birimiz bilan fikr almashishga, bilganlarni o‘rtoqlashishga yaratilgan katta imkoniyat deb tushunamiz. Kuni kecha ham aynan shu mavzu korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi bo‘yicha xalqaro onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Xorijiy ekspertlarimizning fikr-mulohazalari eshitildi. Chunki umuman korrupsiyaga samarali kurash olib borish uchun birinchi navbatda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asosi yaratilishi muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali yo‘llaridan biri ishlab chiqilayotgan normativ huquqiy hujjatlarni xalq fikr mulohazalarini inobatga olgan holda, jamiyatning ehtiyojini chuqur o‘rgangan holda qabul qilinishi muhim omillardan biri hisoblanadi” deya ta'kidlab o‘tdilar. Shuningdek, uchrashuv davomida nega bunday mavzular aynan oliy ta'lim muassasalarida o‘tkazilganligi hamda o‘tkazib kelinayotganligi, chunki bu soha o‘rganishlar, tahlillar, so‘rovlar natijasida korrupsiya muqobil darajada mavjud bo‘lgan soha deb topilishi, ta'lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirish va shunga erishish bu mamlakatning gullab yashnashi, taraqqiy etishiga juda ham katta ta'sir etishi to‘g‘risida fikr yuritildi. Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga Janubiy Afrika Respublikasi Stellenboss universiteti peshtoqida hammaga ko‘rinarli qilib “Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofali raketa shart emas, buning uchun ta'lim sifatini tushirish, imtihon jarayonlarida aldovga yo‘l qo‘yish, bu tarzda ta'lim olgan shifokorlar qo‘lidan bemorlar o‘lim topadi, quruvchilar qurgan uy va binolar vayron bo‘ladi, iqtisodchi va hisobchilar oldida moliyaviy resurslar sovuriladi, adolat esa huquqshunos va sudyalar qo‘lida zavol topadi, ta'limning inqirozi - bu millat ning inqirozi” deb yozib qo‘yilganligi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar uqtirildi.Shuning uchun ham ta'lim sohasida o‘tkazilayotgan islohotlar yoki sog‘liqni saqlash tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar bejiz emasligi, bu sohalarda Yaponiya tajribasi ya'ni “talaba imtihon topshirayotgan vaqtida kitobdan foydalanayapti, agar yonida o‘tirgan uning o‘rtog‘i mana shu jarayonni o‘qituvchiga ma'lum qilsa ikki tartibga ball beriladi. Birinchisi, o‘sha tartibni buzgan talabaga jazolash balli, ikkinchi talabaga mudofaa balli berilar ekan. Bu ballarni ko‘p to‘plagan birinchi toifadagi jarimaga tortiladi, ota-onasi va o‘quv yurtiga ma'lum qilinadi. Ikkinchi toifadagi esa mukofotlanadi. Demak hallolik va masalaga adolatli yondashish masalasi kichiklik vaqtida, ta'lim tarbiya maskaniga qadar bo‘lgan vaqtdan boshlab rag‘batlantirish va jazoni ko‘rsatish amalga oshirilar ekan” misol tariqasida eslatib o‘tildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi professor-o‘qituvchilari ham o‘zlarining ta'sirchan ma'ruzalari bilan ishtirokchilarga ma'lumotlar berib o‘tdilar.

Onlayn uchrashuv so‘ngida ishtirokchilari soha mutaxassislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.