Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidovning 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi.
Hurmatli hamkasblar, qadrli ustozlar, aziz Vatandoshlar!
Oʻzgalarga ilm oʻrgatish, maʼrifat ziyosini tarqatish, nihoyatda savobli amaldir. Zero, ustozlarga boʻlgan hurmat va ehtirom har qaysi xalqda mavjud. Buxoro davlat universiteti ham Ustozlarga boʻlgan samimiyat va hurmat beqiyos darajada.
Universitetimizdagi faxriy professor-oʻqituvchilar, olimlar va gʻoyatda bilimli ustozlar bilan birga faoliyat yuritayotganimizdan faxrlanamiz. Ustozlarning talaba yoshlarga berayotgan bebaho saboqlari yuksak eʼtirofga sazovordir.
Barcha talabalar va universitetimiz jamoasi nomidan jonkuyar va qadrli ustozlarimizni bugungi bayram bilan samimiy qutlayman!
Doimo sogʻ-salomat boʻling! Shogirdlaringiz kamoli har vaqt sizni suyuntirsin!
Hurmat bilan, Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov