November 27, 2024

"DOKTORANTLAR MINBARI": 3-bosqich Kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi tayanch doktoranti Ganiyev Baxtiyor Shukurulloyevich

2024-yil, 27-noyabr kuni soat 10:00 da "DOKTORANTLAR MINBARI" deb nomlangan navbatdagi Ilmiy seminar bo`lib o`tdi. Seminarning navbatdagi qahramoni Buxoro davlat universiteti 3-bosqich Kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi tayanch doktoranti Ganiyev Baxtiyor Shukurulloyevich bo`ldi.

U oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha adabiyotlarni va ilmiy tadqiqotlar natijalarining texnologiyalarini raqamlashtirish bo‘yicha bir qator loyihalar muallifi hamdir. Jumladan, u quyida keltirilgan loyihalarni tizimli elektron shaklda real hayotga tatbiq etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan 10 ta mualliflik guvohnomalarini olgan:

B.Ganiyev Oliy ta’lim muassalari talabalari uchun quyidagi 2 ta darslik va 1 ta o‘quv qo‘llanmalarni nashr ettirgan.

Baxtiyor Ganiyev faoliyati davomida 6 ta ilmiy loyihada ishtirok etib, ushbu loyihalar asosida sanoat korxonalari ishlab chiqirishidagi texnologik jarayonlarni takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shgan.

Xalqaro hamkorlik sohasida B.Sh. Ganiyev“El-yurt Umidi” jamg‘armasining 1-stipendiya tanlovi go‘libi, shuningdek ushbu jamg‘armaning moliyashtirishi hisobiga 2021-yil 9-dekabrdan 2022-yil 8-fevralgacha M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Kimyo fakulteti Organik kimyo kafedrasida stajirovka o‘tgan. 2023-yil 16 martdan 1 aprelgacha Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal universiteti, A.M. Butlerov nomidagi Kimyo institutida stajirovka o‘tgan.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan 2022-yil 27-iyundan 1-iyulgacha muddatda masofaviy “Всероссийского съезда учителей и преподавателей химии” kimyogarlar syezida, 2023-yil 27-30-iyun sanalarida masofaviy “Вызовы современности и химическое образование” yozgi maktabda, 2023-yil 21-28-avgust sanalarida masofaviy “Экологические исследование без методических ощибок” ekologik yozgi maktabda ishtirok etgan.

Novosibirk davlat universiteti tomonidan 2023-yil 25-27-oktabr sanalarida tashkil etilgan “II Школа молодых ученых по синхротронным методам исследования в материаловедении” mavzusidagi yosh olimlar maktabida ishtirok etgan.

2023 yil 21 noyabrdan 4 dekabrgacha “MISIS” milliy tadqiqot texnologiya universitetining “Современные подходы к синтезу новых материалов” dasturi asosida malaka oshirgan.

2023 yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lib, Qozon Federal universiteti, A.M. Butlerov nomidagi Kimyo institutida kimyoviy birikmalarning termik tahlilini o‘rganish bo‘yicha stajirovka o‘tashi belgilangan.

Qozon Federal universiteti, A.M. Butlerov nomidagi Kimyo instituti olimlari bilan hamkorlikda “Антимикробная присыпка для лечения ран домашних и сельскохозяйственных животных и способ ее получения” № 2826747 raqamli Rossiya patentiga ariza rasmiylashtirib, xalqaro patentga ega bo‘lgan.

Buxoro davlat universitetidagi faoliyati davomida B.Ganiyev Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti professori D.D.Asilbekova, L.N. Gumilyov nomidagi Evroosiyo milliy universiteti professorlari S.B. Raxmadiyeva va T.T. Mashan, Rossiyaning M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori V.A. Chertkov, Tyumen universiteti professori D.A.Safinlar bilan o‘zaro hamkorlikda tezis va maqolalar nashr ettirgan.

U oʻz ilmiy tadqiqot natijalari asosida bir qator ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirgan. 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Jumladan, universitet jamoasidagi ustozlari bilan hammualliflikda 10 ga yaqin maqolalari Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan.

Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi obroʻsini yanada oshirish, Vatanimiz taraqqiyoti va farovonligini yuksaltirish, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, ma'naviy sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, xalqimiz urf-odat va an'analarini ardoqlash va ularni saqlab qolish ishlarida faol xizmat qilib kelayotgan bu jonkuyar ustoz, tashkilotchi va yuksak madaniyatli, dunyoqarashi keng, yurtiga sadoqatli, kamtarin va samimiy inson, ajoyib xodim sifatida el-yurt hurmatiga sazovordir.