September 28, 2024

Ustozga ehtirom!


Ustozlarni har zamonlar ulug‘la kelingan, halqimizda «Ustoz otangdek ulug‘» degan naql bejiz aytilmagan.
Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” — degan hikmat bejiz aytilmaydi. O‘tgan ulug‘larimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechog‘li baland ekanini teran anglaganlar va shunga ko‘ra muomala qilganlar.
Keksalarni e’zozlash, holidan xabar olish o‘zbek xalqining o‘zigagina xos bo‘lgan, qadriyatga aylangan odatdir.
Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, kafedra ma’naviy ishlar bo‘yicha ma’sul p.f.f.d (PhD).,dotsent G.Ostonova p.f.f.d (PhD).,dotsent G.R.Ostonova, dotsent M.B.Azimova, M.B.Sulaymonova, N.A. Kadirova, fakultet xotin qizlar ishlari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.M. Avliyoqulova tomonidan kafedrada uzoq yillar davomida ishlagan, institutning faxriy ustozlari san’atshunoslik fanlari nomzodi Jumayev Qoryog‘di Jo‘rayevich xollaridan xabar olib ularning ko‘p yillik universitetimiz uchun qilgan mehnatlarini etirof etib, kafedra jamoasining tabriklarini yetkazishdi.