October 25, 2024

EKOLOGIK TA`LIM –BARQAROR RIVOJLANISH OMILI

Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoyev raisligida 21-oktyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu videoselektorda ko‘rib chiqilgan va belgilangan vazifalarni amalga oshirish kun tartibidagi ustuvor maqsadga aylanmog‘i zarur deb hisoblaymiz.

Atrof-muhit sifati va ekologik inqirozlarning oldini olishda aholining xabardorligi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning ekologik ta’limi, madaniyati, ongi, huquqi hal qiluvchi omillardan biri sanaladi.

Uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’limdan boshlab ekologik savodxonlikni amalga oshirish kelgusi avlodlarga ona tabiatni avaylab asrash tuyg‘usini shakllantirishga zamin yaratadi.

Ekologik ta’lim-tarbiyani mustahkam asosda yo‘lga qo‘yish global ekologik inqirozning oldini olishning muhim omillaridan biri ekanligini jahon hamjamiyati tushunib yetdi. Bu sohadagi strategik yo‘nalish sifatida aholining ma’lum qismi va guruhlari, shuningdek alohida shaxslarning e’tiqodi va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish nazarda tutiladi.

Biz mutaxassislar  ushbu vazifalarni amalga oshirishda doimo peshqadam va tashabbuskor bo‘lishimiz lozim. Ekologiya fan sifatida barcha ekologik muammolar bo‘yicha aniq va to‘liq ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirib, mavjud muammolarni yechish,  ularning oldini olish yo‘llari, chora-tadbirlarini belgilovchi mayoq vazifasini bajarishi lozim.

Shu nuqtayi nazardan  insonlarni ekologik ongli qarorlarni qabul qilishga o‘rgatish, ekologik ta’lim va savodxonlikning asosiy mazmunini tashkil qilib,  har qaysi insonning ekologik muammolarni yuzaga kelishida va atrof-muhitning zararlanishiga o‘z hissasi borligini anglash, tushunib yetishga o‘rgatadi.

Bobomurodova N.J. Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o`qituvchsi