KEKSALAR HAMISHA ARDOG‘IMIZDA
Bugungi kunda nafaqadagi ustozlarning holidan xabar olish, faoliyatdagi o‘qituvchilarning mehnatini qadrlash shogirdlarning burchidir. “Ustoz va murabbiylar kuni” arafasida Filologiya fakulteti jamoasi ham bir necha yillar ushbu dargohda ishlab ketgan, yoshi ulug‘ ustozlardan xabar olmoqda. Joriy yilning 27-sentabr kunida filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professorlari Mehriniso Abuzalova, Dilorom Yuldasheva hamda Guli Toirovalar nafaqadagi ustoz, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nazira Qosimovaning xonadonlarida bo‘lib, zukko olimani kasb bayrami bilan tabrikladilar. Ko‘rsatilgan e’tibordan yoshi ulug‘ ustoz nihoyatda mamnun bo‘ldilar.
Qadriyatlarga boy yurtimizga, tinch-osuda yurtimizga bayramlar yarashadi.