March 30

G'ijduvon tumanidagi BuxDU o'quv binosida 4-bosqich sirtqi ta'lim Jismoniy madaniyat va sport faoliyati (futbol) ta`lim yo'nalishlarida tahsil oluvchi talaba yoshlar uchun o'quv mashg'ulotlari davom etmoqda.

Sport faoliyati va pedagogika fakulteti dekani A.Sh.Inoyatov boshchiligidagi jamoa tomonidan talabalarga odob-axloq, kiyinish, davomat va kontrakt to'lov masalalari xususida tushuntirish berildi. Talabalarning savol va murojaatlari tinglandi.

BuxDU Matbuot xizmati