September 28, 2024

Buxoro davlat universitetida Fuqaro muhofazasi tuzilmasi a’zolari bilan o‘quv mashg‘uloti o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024 yil 22-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2023 yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2024 yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi 1-son buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yilning 30 yanvardagi 14-XFU-sonli buyrug‘i hamda Buxoro viloyati Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024 yil 1 fevraldagi 1/1-15-sonli va Buxoro davlat universitetining 2024 yil 15 fevraldagi 93-U-sonli buyruqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda davlat tizimi faoliyatini takomillashtirish, universitetdagi rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xizmatchilar, shuningdek, talabalarni favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga tayyorlash maqsadida 2024 yil 27 sentyabr kuni soat 15:00 da oliygoh 102-leksion xonada fuqaro muhofazasi tuzilmasi a’zolari bilan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotini universitet Fuqaro va mehnat muhofazasi sektori muhandisi F.Boltayev ochib, o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishi tartibi, huquqiy asoslari to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdi.
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish markazi boshlig‘i R.Ro‘ziyev o‘quv mashg‘ulotida “Ob’yekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarini asbob-anjomlar bilan ta’minlash tartibi” va “Favqulodda vaziyatlarda (yong‘inlarda) xarakat qilish rejalari va ularga asosan harakatlanish tartibi” mavzulari o‘rganib chiqildi hamda videorolik va saytlar namoyish qilindi.