Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashining “Xorijiy investitsiyalar va turizm” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 1-tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda doimiy komissiya raisi Yavmutov Dilshod Shoyimardonqulovich hamda komissiya a’zolari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibida doimiy komissiya raisi o‘rinbosari hamda komissiya kotibini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Komissiya a’zolarining takliflariga ko‘ra doimiy komissiya raisi o‘rinbosarligiga 34-Do‘rman saylov okrugidan deputat, “Leichter Kamalak Textilien”O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi rahbari Bobojonov Dilshod Maxmudovich bir ovozdan saylanishdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi NIZOM asosida doimiy komissiyaning faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi, asosiy vazifalari, kelgusidagi rejalari hamda «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risda»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini loyihasi muhokama qilindi. Ushbu qononun loyihasi doimiy komissiya tomonidan viloyat hususiyatidan kelib chiqib, qo’shimcha takliflar ishlab chiqildi.