Tarix va yuridik fakulteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan birgalikda “Ming bir xazina”, “Har sahifada ming bir durdona” mavzularida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy- ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-5040-sonli qarori hamda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi 2024-yil 30-yanvardagi 1/44-sonli bayonining 5-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 29-oktabr kuni yoshlar o‘rtasida kitobxonlik mutolaasini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida 2024-yilning 29-oktyabr sanasida Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari (A.T.Qayumova, N.Jo’rayeva, B.Ro’ziyeva) tomonidan “Ming bir xazina”, “Har sahifada ming bir durdona” mavzulari bo’yicha davra suhbati o’tkazildi. Bunda professor-o’qituvchilar tomonidan kitob o’qish nechog`lik muhim ish hisoblanishini aytib o’tdilar. Mamlakatimiz rahbarining kitob, kitobxonlik madaniyatini yaxshilash to‘g‘risida kuyunib gapirayotganliklarining chuqur falsafasi bor. Birinchidan, yuqorida qayd etilgani kabi, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch hisoblanadi. Ikkinchidan, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, barchamizni o‘z ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy zaminimizni mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash’ala hisoblanadi.
Shuning uchun ham bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish har doim ham millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini ko‘rsatuvchi muqaddas tushunchalar hisoblanadi. Arastu hakimdan Abu Ali Ibn Sinoga, Aflotundan-Abu Rayhon Beruniygacha, Jaloliddin Rumiydan-Alisher Navoiygacha, Sohibqiron Amir Temurdan-Muhammadsharif Gulxaniygacha yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar oshsada ahamiyati yo‘qolmaydigan tadqiqot-u kashfiyotlari faqat va faqat kitob orqali yuz berdi. Ularning bugungi avlod tomonidan chuqur o‘rganilishi, ular ilmiy-ma’rifiy bisotiga bot-bot murojaat qilishning sababi ham mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan kitoblar tufaylidir.