July 15, 2023

Buxoro viloyati kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari sharoitida pomidor navlarini turli sug‘orish tartibi va o‘g‘itlash me’yorlarida o‘stirish texnologiyasini takomillashtirish

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ITI doktoranti Saidova Gulshoda Anvar qizi tomonidan olib borilayotgan “Buxoro viloyati kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari sharoitida pomidor navlarini turli sug‘orish tartibi va o‘g‘itlash me’yorlarida o‘stirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya (PhD) ishi Buxoro viloyati Jondor tumani “Hamroyev Xalil Bozorovich” f/x da olib borilayapti. Tajriba uchun ajratilgan maydon 30 sotix. 12460 ta pomidor ko‘chatlari 12-13 aprel kunlari o`tkazib bo`lindi. Tajribada pomidorning Davlat reestriga kiritilgan va turli davlatlardan keltirilgan hamda o‘zimizda yaratilgan 18 ta nav va duragaylaridan foydalanildi.1-iyuldan boshlab yig‘im terim ishlari boshlangan shu paytgacha 2 ta terim o‘tkazildi. Birinchi terimda 300-350 kg, ikkinchi terimda qariyb 1 tonna pomidor terildi. Ikki yillik natijalarga ko‘ra Bobcat F1, Tomsk F1, Hapehet F1 duragaylari, Rio grande, Red stone Mustaqillik-28 navlari iqlimga mosligi bilan ajralib turibdi.

BuxDU Matbuot xizmati