November 11, 2023

BuxDU rektori Obidjon Xamidovning “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan BAYRAM TABRIGI

#Kasaba_uyushmalari_kuni

Qadrli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

Sizlarni kasb bayramingiz – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bilan chin qalbimdan tabriklayman.

So‘nggi yillarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda kasaba uyushmalari faol ishtirok etib kelmoqda. Mamlakatimizda kasaba uyushmalarining erkin va keng ko‘lamli faoliyat yuritishi uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. So`nggi yillarda kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik yangi bosqichga ko‘tarildi.

Kasaba uyushmalarining xodimlar mehnat huquqlarini himoyalash, mehnat qonunchiligini takomillashtirish va XMT konvensiyalarini ratifikatsiya qilishda hamkorlik yo‘nalishlaridagi faoliyati sezilarli darajada oshdi. Yurtimizni keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylantirishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan bir qatorda, kasaba uyushmalari ham muhim o‘rin tutadi. Kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyatidagi umumiy manfaatlarini bog`lab turadigan, ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab, himoya qiladigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir.

Hurmatli MUHAMMADQOSIM HOSHIMOVICH, RAYHON KENJAYEVNA, BAXTIYOR BADRIDDINOVICH, SIDDIQ QAHHOROVICH, kasaba uyushmalari xodimlari! Yana bir bor so`nggi yillarda keng miqyosda, hurmat va e’tibor bilan nishonlanayotgan kasb bayramingiz qutlug` bo`lsin! Barchangizga sihat-salomatlik, mas’uliyatli va oliyjanob ishlaringizda yangi yutuqlar tilayman.

@buxdu_uz