October 25, 2024

Ezgu ishlar – yurt ravnaqi!

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish yuzasidan o‘tgan videoselektor yig‘ilishda belgilangan asosiy vazifalar.

“Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi va kuzgi mavsumda ishlarni jadal tashkil qilish masalalarini ko‘rib chiqilishi, Prezidentimizning Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti bilan tanishganliklari, unda ekologiya,barqaror boshqaruv, atrof-muhit iqtisodiyoti ekologik huquqi , ekologik innovatsiya va raqamlashtirish yo‘nalishlarida 500 nafar bakalavr va magistr tayyorlanishi ekologik muvozanatni barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“ Yashil makon” umummilliy dasturi asosida olib boriladigan ezgu ishlar sababli  yurtimiz ravnaqi yaxshilanadi.  Bu ishlarni izchillik va jadallik bilan amalga oshirib borish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Ezgu ishlar qatorida suv resurslaridan maqsadli oqilona foydalanishni kuchaytirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini takomillashtirish hamda sun’iy suv havzalarini barpo qilish, davr talabi bo‘lishi bilan birgalikda diyorimiz obodligini yuksaklikka ko‘taradi.

Koreya tajribasi asosida suvsizlikka chidamli iqlim sharoitiga mos yopiq ildizli konteyner va in-vitro usulida 2 mln  ko‘chat yetishtirish tizimini yo‘lga qo‘yilishini topshirilganligi hamda oktyabr–noyabr oylarida mahallalarda 40 mln dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishini belgilanishi ekologik muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiydir.

‘’O‘zbekkosmos’’ agentligi bilan birgalikda cho‘l hududlarida ekologik holatni monitoring qilish platformasini yaratilishi cho‘l va yarim cho‘l hududlarida qum va shamolni ushlab qoluvchi o‘simliklar qoplamasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Ayniqsa, Fanlar akademiyasiga 20 gektarda tajriba sinov maydonchasi qilib, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklaydigan o‘simliklarni yetishtirish vazifasining topshirilishi ham mutaxassis va olimlar jamoasiga yuksak mas’uliyat yuklab, ilmiy izlanishlarni   yanada jadallashtiradi.

Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti

"Ekologiya va geografiya” kafedrasi professori., g.f.d. Xayitov Y. Q.