November 13, 2024

Adaptiv jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari mavzusida ochiq dars.

Joriy yilning 13-noyabr kuni Buxoro Davlat Universiteti ,Jismoniy tarbiya va sport fakulteti Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi 71010303 – Adaptiv sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport(qishki) yo'nalishi magistranti Narzullayeva Rushana Razakovna tomonidan Sport kompleks, 123-xonada 7-1AJTS-24,guruhida‘’Gimnastikani o’qitish metodikasi’’fanidan "Adaptiv jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari" mavzusida ochiq dars mashg’uloti o’tildi.

Dars jarayonida barcha talabalarga yangi mavzuni mustahkamlash uchun o'qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan topshiriqlar: qiziqarli keys vaziyat savollari , yashirin atamalar va testlar tarqatildi .
Magistrantning dars tahlili shuni ko'rsatdiki, ochiq dars davomida o'qituvchi mavzuni tushuntirish bo'yicha o'z maqsadiga erishdi.

Avval o'tilgan mavzu yuzasidan atama va terminlar bo’yicha “Aqlni charg’lovchi va tezkorlikni oshirish” metodidan foydalanib musoboqa shaklida olib borildi. Yangi mavzu bayoni o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga batafsil yoritib berildi. Dars davomida barcha o'quvchilar faol qatnashishdi. O'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to'laqonli javob berildi.

Dars zamonaviy, pedagogik metodikalardan foydalangan holda olib borildi. Ochiq dars fan o'qituvchisi A.J.Ruslanovna hamda kafedraning professor-oʻqituvchilaridan Shukurov.R.S , A.A.Mamanazarovlar tomonidan tahlil qilinib, ijobiy baholandi.