July 9, 2025
“Buxgalteriya bilan biznesga qadam” loyihasi davom etmoqda!
Buxoro davlat universitetining “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi tomonidan Dolzarb 90 kunlik tadbir doirasida amalga oshirilayotgan “Buxgalteriya bilan biznesga qadam” loyihasi muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarga yozni mazmunli o‘tkazish, foydali kasb egallash va moliyaviy erkinlik sari ilk qadamlarni qo‘yish imkonini yaratishdir.
Murodova Dilfuza rahbarligida ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda:
- Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisob siyosatini yuritish,
- Soliq hisoboti va to‘lovlarini to‘g‘ri tashkil etish,
- 1C dasturining 8.3.3–0 redaksiyasida ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar.
Unutmang: O‘zingizga qilgan investitsiya — bu eng foydali sarmoyadir! U kelajakda sizga katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 90 611 84 89