June 12, 2024

"Huquqiy targ’ibot kuni" huquqiy loyihasi doirasida tadbir o'tkazildi

"Huquqiy targ’ibot kuni" huquqiy loyihasi doirasida Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i tomonidan Jondor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limida huquqiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda yoshlar va xotin-qizlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishi, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilganligi keng tushuntirilib berildi.

Shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmoni mazmun-mohiyati hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori tushuntirlib, qaror yuzasidan tayyorlangan buklet va flayerlar tarqatildi.