COPYCAT – Epizod 3: “Jayning dorisi”
Kazuha kutubxonadan qaytayotgandi. Yuragida bir nimadir notinch edi. Heesung haqida o‘ylarkan, u hali ham bu yigit kimligi, u qanday qilib u yerga tushib qolgani haqida javob topolmagan edi.
Koridordan o‘tayotganida, u oldida kimnidir ko‘rib to‘xtadi.
— “Malika,” — dedi yigit ohista.
Bu Jay edi — saroyga yangi kelgan xizmatkor. U boshqalarga o‘xshamasdi: jim yuradi, kam gapiradi, lekin har doim kuzatib yuradi. Ko‘zlarida esa bir sir bor edi.
Qo‘lida kichkina choy idishi bor edi.
— “Siz bugun ancha charchaganga o‘xshaysiz. Bu choy tinchlantiradi,” — dedi Jay, sal jilmayib.
Kazuha bir oz ikkilandi. Ammo boshida engil og‘riq bor edi. U choyni olib, ichdi.
Birinchi yutumdan keyin hech narsa bo‘lmadi. Lekin oradan bir necha daqiqa o‘tgach, bosh aylanishi boshlandi. Yuragi tez ura boshladi. Oyoqlari kuchsizlandi. U devorga suyanib, asta yerga cho‘kdi.
— “Bu nima edi?” — dedi u, ovozi titrab.
Jay unga qarab turardi. U yoniga yaqinlashdi, bukilib yuziga tikildi.
— “O‘zingizni yengilroq his qilyapsizmi?” — dedi u past ovozda.
U ko‘zini ochganda, notanish xonada edi. Yumshoq yostiq, yupqa atlas ko‘ylak, oppoq choyshablar. Yuragi hali ham tez ura boshladi.
Eshik ochildi. Jay ichkariga kirdi. Sochlari ozgina ho‘l, yengil harakatlar bilan unga yaqinlashdi.
— “Men sizni har doim shunday jim va zaif holatda ko‘rishni istaganman,” — dedi u, past ovozda.
Kazuha unga qaradi, indamadi. U nimadir demoqchi edi, ammo holsizlikdan gapira olmadi. Jay yoniga o‘tirib, yuziga yaqinlashdi. Nafasi iliq edi. Qo‘lini asta yostiqqa qo‘ydi.
— “Siz hushsiz bo‘lsangiz ham... go‘zalsiz,” — dedi u.
Kazuha yuragi ura boshladi, bu g‘alati edi — ham qo‘rqinchli, ham biroz yoqimli. Jay esa hech narsa qilmasdan asta chiqib ketdi.
Kazuha oʻzini anglab oʻrnidan turdi va xona bo‘ylab yurdi. Yon eshikka bordi, asta tutqichni burdi... Ammo eshik ochilmadi.
— “Nega bu yer qulflangan?” — dedi u past ovozda.
U yana eshikni tortdi, urdi, lekin hech narsa bo‘lmadi. U xuddi qamoqda edi.
— “Kim bor bu yerda?! Menga yordam kerak!” — deb baqirdi Kazuha, lekin javob yo‘q edi.
Ko‘zlari chaqnab, qattiq nafas oldi.
U to‘xtab, eshik oldiga suyanib o‘tirib qoldi.
Heesung saroyning katta zaliga olib chiqildi. U qadamlarini tortib, atrofga hayronlik bilan qarab yurardi.
— “Bu… Bu dekoratsiyami?!” — dedi u ohangda, g‘alati kulib.
To‘g‘risida — Qirol. Katta taxtda jiddiy nigoh bilan unga tikilib turardi.
— “Sen. Kimsan?” — dedi qirol, ovozi qattiq.
Heesung bir lahza to‘xtab qoldi. So‘ng yelkasini qisdi:
— “Ismim Heesung. Men aslida… bir filmga kastingga borgan edim. Menimcha, bu sinov sahnasi. Rolim: ‘Begona yigit, tarixga tushib qoladi.’ To‘g‘rimi?” — dedi u, jilmayib.
Qirol qoshini ko‘tardi. Heesung gapini davom ettirdi:
— “A, bu ‘hidden camera’ emasmi? O‘zingizni qirol qilib ko‘rsatyapsiz-a? Zo‘r kostyumlar! Shunchaki ayting, kamera qayerda?”
Atrofdagi harbiylar hayratda, biri qilichiga yopishdi.
— “Bu yigit aqldan ozgan chog‘i...”
Heesung esa hanuz o‘zicha gapirardi:
— “Yaxshi, yaxshi, man bu rolga kirishdim. Agar kerak bo‘lsa, yig‘lab ham beraman. Mana: Men kimman?! Menga nima bo‘layapti?!” — deb “aktyorlik” qilib ko‘rsatdi.
— “Bu yigitni tergovga olib boringlar. Balki bu telbaning ichida bir sir bordir.”
— “Qo‘rqitib yubordingiz. Juda tabiiy chiqyapti! Rejissyor qayerda o‘zi?”
Heesung hali ham harbiylar bilan “aktyorlik” qilarkan, Qirol boshini chayqadi. Shunda yonidan bir xizmatkor yugurib keldi, cho‘kib pichirladi:
— “Hazrati oliylari… qizingiz… malika Kazuha yo‘qolgan...”
Qirol bir zum qotib qoldi. So‘ng o‘rnidan sapchib turdi.
— “Nima deding?! Qayerga yo‘qolgan?!”
— “Xonasida yo‘q... eshik qulflangan edi, lekin ichkaridan javob yo‘q.”
Qirolning nigohi sovuq tus oldi. U birdan Heesungga qaradi.
— “Sen… bu bilan bog‘liq emassanmi?”
Heesung esa hali ham jiddiylashmagancha:
— “Qiz ham yo‘qolganmi? Voy, syujet har xil burilmoqda, menga yoqayapti. Fantastika va detektiv elementlar! Gap yo‘q!”