May 10, 2025

COPYCAT — Epizod 2: “Begona vaqtdan kelgan”

Saroyda vahima. Osmondan tushgan yigit haqida hamma gapirmoqda. "Jodugar bo‘lsa-chi?", "Yulduzlardan tushgan desam ham ishonavering!" — degan gap-so‘zlar tarqalgan. Saroy qo‘riqchilari begona yigitni darhol hibsga olib, eng xavfsiz xonaga qamashdi.

Heesung hushiga kelganda, devorlarga qarab pichirladi:

— "Ona, men kostyumli odam bo‘lishim kerak edi, nega hozir o‘zimni historical drama ichida his qilyapman?"

U yoniga qaradi — ko‘mirda yozilgan yozuv: “Tinchlikda qol.”

— "Ha, albatta! Qanday qilib?" — deb yuzini changalab oldi.


Bu orada Kazuha, saroy malikasi bo‘lishiga qaramay, vaziyatni juda qiziquvchanlik bilan kuzatardi. Eski kitoblarda vaqt tuynugi haqida o‘qigani uchun, Heesung unga oddiy begona emasdek tuyuldi. Shuning uchun u ertalab hech kim sezmaydigan yashirin yo‘ldan yigit yotgan xonaga tushdi.

Heesung u kirgan zahoti boshini ko‘tarib, darhol gapirdi:

— "Agar siz menga yana igna sanchmoqchi bo‘lsangiz, avval aytay: men vaksinani olganman!"

Kazuha bir zum nima deyishini bilmay qoldi. So‘ng kulib yubordi.

— "Men senga igna sanchgani kelmadim... Seni tushimda ko‘rganman," — dedi u ohista.

Heesungning ko‘zlari kattalashdi.

— "Tushingdami? Hmm... Men mashhurman shekilli!"

Kazuha yengil kuldi, so‘ng jiddiy ohangda dedi:

— "Sen bu yerda uzoq turolmaysan. Qirol seni tahdid deb bilishi mumkin."

— "Qo‘yavering, men o‘zimni hatto restoranda buyurtma berishga ham zo‘rg‘a odatlandim. Qanday tahdid bo‘lay?"

Bir lahzaga, ikkalasi ko‘z-ko‘zga qarab turdi. Kulgili gaplar ortida yuraklar asta yaqinlashayotgan edi.

Kazuha asta dedi:

— "Menimcha, sen sabab kelding. Balki taqdir... yoki men juda zerikkanman."

Heesung esa jilmaydi:

— "Agar bu tush bo‘lsa, iltimos, uyg‘otmang."


Epizod 2 yakunida, Kazuhaning yuragi allaqachon notanish yigit tomon tortilayotgan edi. Heesung esa hayratda edi: bu o‘rta asrlardagi malika uni kuldirgan birinchi inson bo‘lgan edi.

Ammo... koridorda yashirincha ularni kuzatayotgan ko‘zlar bor edi. Kimdir ularning yaqinlashuvidan norozi edi.

Heesung soat yetti bo‘lishi kerak bo‘lgan tongda uyg‘ondi... lekin soat yo‘q edi. O‘rniga — tosh devor, yog‘och eshik, shiftga ilingan yog‘och fonar va tashqaridan qushlar sayrashi.

U boshini silab, yon atrofga qaradi.

— "Bu... ya’ni... bu tushmi? Yoki men Netflix serialiga ishtirokchisiz kastingdan o‘tib qolganmanmi?"

Derazaga qarab chiqdi: katta hovli, qirollik uslubidagi kiyimdagi xizmatkorlar, ot minib o‘tayotgan qo‘riqchilar... va uzoqda, boshidan to posigacha qimmatbaho to‘q kulrang libos kiygan bir qiz — Kazuha.

Heesung o‘ziga qaradi: u ham endi tarixiy kiyimda. Egnida silliq ipak ko‘ylak, belida kamar. Ayniqsa, oyoqlarida — tasmali salla tufli!

— "Menimcha, bu oyog‘imga zo‘rg‘a mos kelsa kerak..."

Darvoqe, u hanuz saroy devorlari ichida. Ikki qo‘riqchi hali ham eshik oldida. Bu rasmiy qamoq.

Birdan eshik ochildi. Kazuha kirib keldi. Heesung unga qarab jilmaydi.

— "Salom, meni bu yerga teleport qilgan sehrgarga salomimni yetkazing. Keyingi safar Google Map linki ham bersin, adashmaslik uchun."

Kazuha kuldi:

— "Senga yoqmasa, yana kelajakka qaytarish uchun reja tuzaman."

— "Yo‘q, yo‘q! Yaxshilab o‘ylab qarasam, bu yerda ham Wi-Fi bo‘lmasa ham, sen borsan."

Yoqqan boʻlsa komment yozing!!
Davomi 10+ reaksiyadan soʻng chiqadi 💗