COPYCAT — Epizod 4: “Xotira devorlari”
Kazuhaning ko‘zlari yana ochildi. Xona hozir biroz qorong‘iroq, havosi salqin, deraza hali ham berk. Xuddi bu xona hech qachon tashqariga chiqmaydigan joydek edi.
U turib eshikni yana sinab ko‘rdi — hanuz qulflangan.
Jay kirdi. U qo‘lida yana choy olib kelgan. Bu safar yuzida hech qanday jilmayish yo‘q edi.
— “Sizni bezovta qilganim uchun kechirasiz,” — dedi u asta.
— “Meni bu yerda nima uchun ushlab turibsiz? Men malika bo‘lsam ham, odamman! Men…” — dedi, ammo boshiga bir og‘riq kelib, so‘zlari uzildi.
— “Sizni himoya qilmoqdaman, malika. Hali bu saroyda sizga havf tug‘diradiganlar bor. Kimdir sizni yo‘q qilishni xohlaydi.”
Jay jim qoldi. So‘ng, choyni qo‘yib, qo‘lini yuziga yaqinlashtirdi. Uning barmoqlari Kazuhaning yonoqlarida yurganday yumshoq edi.
— “Sizning xotirangizni biroz o‘zgartirishdi... ba’zilar sizni unutishni xohladi. Men esa, sizni eslashingizni.”
Kazuha qattiq yutindi. Yuragi qandaydir g‘alati urayotgan edi.
— “Sen... sen kim bo‘lasan o‘zi?” — dedi u, ko‘ziga tik qarab.
Jay esa unga yaqinlashib pichirladi:
— “Men sizni yo‘qotishni istamagan yagona odamman.”
Qirol to‘shakda tik o‘tiribdi. Yonida ikki maslahatchi, qarshisida esa — qo‘llari bog‘langan Heesung. Nihoyat, u ham jiddiy tus olgan.
— “Endi menga hazil yoqmayapti. Qayerdaman o‘zi?!” — dedi u jahl bilan.
— “Sen bizga noma’lum kuchlar orqali kelding. Biroq kelganing bilan malika yo‘qoldi.”
Heesung hayronlik bilan bosh chayqadi.
— “Men hech narsani bilmayman. Men faqat liftda turgandim, keyin... shaqq! Qorong‘ilik. Uyg‘onsam, bu yerda.”
— “Seni qiynashdan tortinmayman!”
Heesung chuqur nafas oldi, keyin to‘satdan jilmaydi:
— “Mayli, mayli. Hech bo‘lmasa ssenariy bering. Rolimni aniq tushunib olay.”
Qirol undan ko‘z uzmasdan chiqib ketishni buyurdi. Orqasidan esa xizmatkor yugurib keldi:
— “Hazrati oliylari, malika xonasida biror iz yo‘q. Faqat bir choy idishi qolgan.”
Kazuha o‘zini g‘alati his qilardi. Xuddi ichidagi kimdir unga nimadir eslatmoqchi, ammo devorlar qoplagandek edi. Jay esa oynaga qarab turardi.
— “Men seni himoya qilaman. Hatto sen meni yomon ko‘rsang ham.”
Jay bir zumda orqasiga o‘girildi. Bu ism unga yoqmagan ko‘rindi.
— “U senga kerak emas. U... bu dunyoga tegishli emas.”
Birdan kuchli ovozlar eshitildi. Kazuhaning yordam so‘ragan baqirig‘i xonada aks-sado berdi. Bu ovozlar sohchilarning ovozlari edi — ular Kazuhani izlashayotgandi.
Jay darhol Kazuhaning og‘zini yopdi. Ammo sohchilar Kazuhaning ovozini eshitib, joylashuvni aniqlashga harakat qilishardi.
Jay Kazuhaga jiddiy qarab, past ovozda:
— “Men haqimda aytsang, seni o‘ldiraman,” — dedi va darhol honani tark etdi, yugurib chiqib ketdi.