HOLY SIN
Karina Seulga ilk marta qadam qo'yganida, yuragi ikkilangandi. Busandagi dengiz shovqini, buvisining iliq qo'llari, qum ustida Jungkook bilan o'tkazgan o'sha paytlar. barchasi orqada qolayotgandi. Ammo o'sha kecha— u unutolmaydigan, yuragida muhrlangan bir kecha edi.
Jungkook unga o‘sha kuni "Céleste" degan edi. Osmondan tushgan yulduzim... Bu so‘zlar Karinaning qalbiga shunchalik chuqur o‘rnashgandi-ki, har safar uni eslaganda lablariga beixtiyor tabassum yugurardi.
Endi ular boshqa shaharda edi. Ammo yurakdagi rishta — masofa bilan uzilmaydi. Chunki u kecha... u quchog‘i, u nigoh — barchasi hali ham tirik edi.
Karina Seulga kelganidan bir hafta o‘tganida, Jungkook unga birinchi bo‘lib yozdi:
Jungkook:
Céleste... Seul qanday? Men seni eslab yuribman.
Karina:
Yaxshi. Bu yer hali begona tuyuladi, lekin... sen yozganingda, yuragim biroz iliqlashadi.
Ular yozishmalarini davom ettirishdi. Har kuni, har kecha, har bir bo‘sh vaqt — ularning orasidagi aloqa yanada mustahkam bo‘lib borardi.
Karina maktabga o‘rganishga harakat qilardi. Lekin har narsa begona, sovuq tuyulardi. Jungkook bilan yozishmalar esa uni ancha yengillashtirardi. Yigit unga har safar mehr bilan dalda berardi:
"Senga kim qarasa, ko‘zingdan osmonga chiqib ketadi. Bu shahar seni tushunmasa ham, men tushunaman."
Bir kecha, Karina shiftga qarab yotarkan, yuragida savollar girdobi aylana boshladi. Telefonini qo‘liga olib, nihoyat bosiq tarzda yozdi:
"Sen menga doim shirin so‘zlar aytasan... bu rostmi, yo shunchaki odatmi?"
"Men seni o‘zimga yaqin deb his qilaman, Céleste. Shu yetarlimi?"
Karina ko‘zlarini yumdi. Yuragi biroz tinchlanganday bo‘ldi. Bu so‘zlar — unga nafas, unga ishonch edi.
Ikki hafta o‘tgach, ular nihoyat Seulda ko‘rishishga kelishishdi. Karina uyalardi — ko‘nglida qandaydir hadik bor edi. Jungkook esa har doimgidek sokin, ammo ichidan yonib turardi.
Ular Han daryosi bo‘yida uchrashishdi. Kuzgi yaproqlar yerga to‘kilar, daryo yuzida yengil shamol yelib o‘tar edi.
Jungkook birinchi bo‘lib yaqinlashdi. Uning nigohi Karinanikidan tushmas, ammo yondoshayotgandek yondoshardi — ehtiyotkor, yurakdan.
— Céleste... — deb qo‘ydi u past ovozda. — Seni yana ko‘rishimga ishongim kelmayapti.
Karina nigohini pastga qaratdi. Sochining uchlarini o‘ynar ekan, shivirladi:
— Menga ham bu g‘alati tuyulyapti. Garchi ko‘p gaplashgan bo‘lsak-da, bu... boshqacha.
Jungkook unga bir qadah issiq shokolad uzatdi. Qarshilik ko‘rsatmay oldi. Ular daryo bo‘ylab sokin yurishdi. Suhbat oraliqdagi sukut bilan aralashib borardi. Har bir jimlik — so‘zlardan ko‘ra kuchliroq edi.
Bir joyda to‘xtashdi. Jungkook daryoga qaradi, keyin Karinaning yuziga. Uning ko‘zlarida xavotir ko‘rinar, ammo orqasida bir narsa yashiringan edi. Xuddi ichki kurash.
— Bilasanmi, — dedi u ohangdor ovozda, — seni ilgari tanimasam ham, yuragingdan nimadir menga tanish tuyuladi. Go‘yo... sen meni ilgari ham ilhomlantirgandeksan.
Karina bir lahza jim qoldi. So‘ng sekin bosh irg‘adi.
— Balki ba’zi odamlar oramizda yashirin rishtalar bilan bog‘langandir. Buni tushuntirib bo‘lmas...
Jungkook unga yengil jilmayib qaradi. Suhbat yana davom etdi — bu safar biroz ochiqroq, ammo haligacha ehtiyotkor. Karina uni tinglar, ammo har bir so‘zga hayajon bilan javob berardi.
Uchrashuvdan keyin Karina tonggacha uxlay olmadi. Yuragi juda tez urardi. Har lahza o‘sha shamolda hilpiragan yaproqlar, Jungkookning ko‘z qarashi, va u aytgan "ilhom" so‘zi xayolida jonlanardi.
U birinchi marta yuragidagi hisni qabul qilishni boshlayotgandi — lekin bu unga quvonchdan ko‘ra, mas’uliyat kabi tuyulardi. Chunki bu his faqat chiroyli bo‘lib qolmasligi mumkin edi. Jungkook oddiy yigit emasdi. Uning ichki olami murakkab, keskin, ehtirosli edi. Karina buni his qilar, ammo aytolmasdi.
Ertalab Jungkookdan xabar keldi:
"Seni kuzatmay ketganim uchun kechirasan. Balki ertaga seni yana ko‘rishim mumkinmi?"
Karina uzun xabar yozmadi. Faqat bitta so‘z:
Uchrashuvlar davom etdi. Har safar ular ko‘rishganda, Jungkookning nazari kuchliroq, egallovchanroq bo‘lardi. U Karinaning har bir harakatini, nigohini, hatto jimligini kuzatar — go‘yo uni o‘qiyotgandek. Bu e’tibor Karinaning qalbida titroq uyg‘otardi.
Karina har safar Jungkook bilan uchrashganda, o‘zini g‘alati his qilardi. U nafaqat uyalardi, balki yuragidagi tuyg‘ularni yashirish uchun ichki devor qurardi. U kulardi, suhbatlashardi, ammo yuragidagi hayajon va xavotirni hech kim bilmasdi. Ayniqsa Jungkook. Chunki u bunga loyiq edi — va ayni paytda xavfli edi.
Bir kuni Jungkook unga uzoq tikilib, shunday dedi:
— Sening ko‘zlaringda bir narsa yashiringan, Céleste. Aytilmagan, lekin his etilgan. Menga uni ochib bera olasanmi?
Karina nigohini chetga oldi. Yutindi. So‘ng jilmayib, qo‘lini kurtkasining cho‘ntagiga yashirdi.
— Ba’zan odam yuragidagi tuyg‘ularni so‘zlar bilan emas, sukut bilan ifodalaydi...
Jungkook jiddiy qarab turdi. So‘ng sekin bosh irg‘adi:
— Xo‘p... Men kutaman. Lekin shuni bil — har safar sen jim turganingda, men seni yana-da ko‘proq his qilaman.
U shunday deyayotgan edi, orqadan bir qiz ovozi eshitildi:
— Karina?
Karina hayron bo‘lib ortiga o‘girildi. Uning ko‘zlari ochildi, ajablandi, ammo yuzida jilmayish paydo bo‘ldi. U asta yaqinlashib kelayotgan yigitga qarab shunday dedi:
— Sen bu yerda nima qilyapsan?
Jilmayishi ehtirosli emas, balki do‘stona edi. Ammo Jungkook yigitning yuziga, keyin Karinaning ifodasiga qarab, ich-ichidan qizishdi. Kim edi bu? Nega Karina bucha erkin jilmaydi unga qarab?