Holy sin
hayot shunchalar shavqatsizki bazida õzingni juda yolğiz va ilojsiz his qilasan lrkin bir kun hayotinga shunday inson kirib keladiki u bir deganda seni bu zulmatdan olib chiqadi va istagan payt seni yõq qiladi
Busan. Har doimgidek sokin tong. Bahor nafasi shaharni ohangrabodek quchib olgan. Bu shaharda 17 yoshli Karina buvisi bilan yashaydi. Yolg‘iz, ammo sabrli qiz. Ota-onasi bir necha yil avval avtohalokatda vafot etgan. Onasi uni maktabga olib borayotganida, yo‘l chetida turgan yuk mashinasi to‘xtamay kelib urilgan. O‘sha kungi quyuq tuman, mashinaning tezligi va haydovchining charchog‘i bu fojiani yuzaga keltirgan. Karina esa buvisining qo‘lida ulg‘aygan.
Karina uyatchan, bosiq qiz. Tashqi ko‘rinishidan ham so‘zsiz muloyimlik ufurib turadi: jingalak to‘q jigarrang sochlari yelkasiga to‘kilib tushgan, ko‘zlari esa qorong‘ulikda porlaydigan yulduzlar kabi. Kichik shaharda yashasa-da, uning ichki olami ulkan orzular bilan to‘la.
U har kuni ertalab buvisi bilan nonushta qilgach, qirg‘oqqa qarab ketadi. U yerda suvning harakati, shamolning ohangi bilan yuragini tinchlantiradi. Uning uchun bu joy xavfsizlik qalqoni edi.
Bir kuni, u odatdagidek dengiz bo‘yida o‘tirganida, uzoqdan qora kiyimdagi baland bo‘yli yigit yaqinlashdi. U yigit Jeon Jungkook edi.
Kelishgan va yoqimtoy yigit. seulda mashxur katta kampanyasiga ega
Seuldan Busanga qisqa ta’tilga kelgan. Qora ko‘zoynagi, qattiq nigohi va sirli holati uni boshqalardan ajratib turardi. U Karinaning yonidan jimgina o‘tdi, ammo bir zum to‘xtab, uning yuziga qaradi. Ko‘zlari to‘qnashdi. Karina nigohini tezda olib qochdi, yuragi battar ura boshladi.
Oradan kunlar o‘tdi. Karina uni yana dengiz bo‘yida ko‘rdi. Bu safar Jungkook salom berdi.
– Salom. Sen har doim shu
yerda o‘tirasanmi?
Karina cho‘chib qaradi. Lekin yigitning ovozidagi yumshoqlik uni tinchlantirdi.
– Ha... bu yerda jimjitlik yoqadi.
– Men ham jimjitlikni yoqtiraman, – dedi Jungkook, uning yoniga cho‘kkan holda
Bu ilk suhbat ularni asta-sekin yaqinlashtira boshladi. Karina avvaliga o‘zini uzoq tutdi, ammo Jungkook hech qanday zo‘ravonlik yoki shoshilinch harakat qilmas, faqat uning yonida bo‘lishni xohlardi. U Karinaning har bir so‘zini diqqat bilan eshitardi, unga vaqt ajratardi, va eng muhimi
— uning his-tuyg‘ulariga hurmat bilan qarardi.
Jungkook Karinaning oilasi haqida so‘ramadi. Faqat bir kuni, Karina o‘zi ichidagilarni to‘kdi.
Ular meni juda yaxshi ko‘rishardi... Ayniqsa onam. U meni oxirgi marta quchganida, yana ko‘rishamiz degandi... bilmasdim bu so‘nggi quchoqlashuv ekanini.
Jungkook indamadi. Faqat uning qo‘lini sekin ushladi. Karina yuragida yengillik his qildi — birinchi marta kimdir uni to‘liq tushunayotgandek edi.
Kecha u bilan gaplashdi. Gaplashdi degani... suhbat bo'ldi, ammo so'zlardan ko'ra ko'proq ko'zlar so'zladi.
Jungkook kechki soat to‘qqizlarda jo‘nashi kerak edi. Karina bu haqida o‘yl agan sayin yuragi g‘ash tortardi. Hozirgi hislari haqida aniq bir narsa deyolmasdi. Balkim karinani hayotida tushunadirgan inson paydo bõlgani sabab u tushunarsiz tuyğularni õzida his qilayotganidandir
Sokin tong. Sohil hali ham uning bosib o'tgan izlarini saqlab turgandek tuyulardi. Karina uzun palto ichida, qo'llarini cho'ntagiga solib, boshini past solganicha sokin, ammo chuqur nafas oldi.
Jungkook ketishidan avval, sohil bo‘yida yana bir bor uchrashishdi. Salqin shamol, sukunat, va ularning qarshisida oppoq to‘lqinlar.
Jungkook kelganidan beri bir oğiz ham sõz aytmadi
Uzoq sukutdan keyin karina bu jimlika cheklov ornatdi
— Yaxshi... vaqt o‘tdi. Ketishing kerak, to‘g‘rimi?
Jungkook yumshoq jilmaydi. Qaradi.
— Ha... Aytmoqchimanki... raqamingni olsam bo‘ladimi?
Karina boshini ko‘tardi. Nigohi biroz qochdi.
— Yo‘q, unday emas.
Shunchaki...
U jim bo‘lib qoldi. Go‘yoki yuragidagi narsa tiliga yetib kelolmasdi.
— Faqat... meni tezda unutib yuborishingni istamayman.
Jungkook kulimsirab, cho‘ntagidan telefonini chiqarib, unga uzatdi. Karina asta raqamini terdi. Keyin u telefonni Jungkookga qaytarib berdi.
— Mana.
Jungkook esa, orqaga bir qadam tashlab, yana orga burildi
Karina ko‘zlarini keng ochgan holda unga termuldi.
Jungkook unga yaqinlashdi. U go‘yo nimanidir ichida yengdi, so‘ng Karinaning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. Sekin, ehtiyotkorlik bilan uni quchdi.
Qattiq emas. Go‘yo kuch ishlatsa, uni sindirib qo‘ygandek. U bir lahza Karinaning sochlari orasiga yuzini kõmdi uning iforini huddiki sõngi bor his qilayotgandek va ohista quloğiga pichirladi
— Ehtiyot bo‘l, — dedi past ovozda. — Ko‘rishamiz...
Karina jim turdi. Faqat yuragining urishi go‘yo sohildagi to‘lqinlarga ohang berayotgandek edi.
O‘sha kechasi Karina faqat deraza oldida o‘tirib, uning quchog‘ini esladi. Yuragining qayeridadir iliqlik, ammo aniqlanmagan tuyg‘u bor edi. Ertasi tongda esa, u birinchi bo‘lib telefoniga qaradi. Xabar yo‘q.
Ammo kechqurun telefon titradi
Jungkook: Salom, Karina. Bu men — Jungkookman. Kecha kechasi Seulga yetib kelganim uchun yozolmadim. Uxlayotgandirsan deb, bezovta qilishni xohlamadim.
Karina uzoq vaqt ekranga tikilib qoldi. Yozmoqchi bo‘ldi, lekin so‘zlar topilmadi. Shunchaki, yana deraza oldiga qaytdi. Bir kun o‘tdi.
Jungkook: Xabaringni uzoq kutdim.
Yana jimlik. Karina o‘zini aybdordek his qilardi, lekin nima yozishni bilmasdi. Kechqurun.
Karina: Salom, kech javob berganim uchun uzr. O‘qishlarim bor edi, biroz band bo‘ldim.
Jungkook: Bilaman, sen doim band bo‘lasan. Lekin sen habar yozguningcha 1 kun o‘tdi, va men bu bir kun ichida sendan habar olmaganim sabab biroz havotirlandim. Céleste