~HOLY SIN~
Orqadan: — "Karina!" — degan ovoz quloqlarini kesib o‘tdi.
U sekin o‘girildi. Ovoz tanish edi. Unga qarab iljaygan yigit — Dohoon, bolalikdagi sinfdoshi. Karina bir zumga hayratda qoldi, lekin ko‘zlarida tabassum porladi.
— “Sen bu yerda nima qilyapsan?” — dedi u jilmayib.
Dohoon unga yaqinroq bordi: — “Men bu yerda o‘qiyman. Seni ko‘rib, ishonmadim... Voy, hali ham shunaqa ko‘rkam ekansan.”
Karina qizarib, sochini orqaga tashladi.
Ammo bu so‘zlarni bir necha qadam narida turib eshitayotgan kimdir bor edi... Jungkook.
U jimgina, labini tishlab, ularni kuzatardi. Ko‘zlari Karinaning yuzidagi ifodani o‘qishga urinardi.
U yurdi. Uzoq emas. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning yoniga kelib to‘xtadi.
— “Salom,” — dedi u qattiq ohangda. Ko‘zlari beqaror, ammo tanasi tik turardi.
Karina cho‘chib qaradi:
— “Ah… bu Dohoon. Bolalikdagi sinfdoshim.”
Jungkook boshini qimirlatib:
— “Hmm. Yaxshi.” — dedi va Karina yoniga turib, ohista, lekin o‘ziga xos himoyalovchi tarzda belidan tutdi. Qo‘li qattiq emas, ammo aniq sezilardi.
Karina yuragining urishini his etdi. Bu oddiy harakat emasdi. Unga tayanishga undagandek, himoya qilayotgandek edi. Ammo bu hali sevgi emasdi. Bu — birinchi signal edi.
Dohoon esa ko‘zlarini shiftga qadab: — “Men ketaman, boshqa ko‘rishamiz.” — dedi va jilmayib orqaga burildi.
Jungkook qimirlamadi. Karina esa asta pastga qaradi
— “U… shunchaki do‘st. Hech kim emas,” — deb pichirladi u.
Jungkook jim turib, chuqur nafas oldi, lekin hech nima demadi.
Ammo qo‘li hanuz belida edi. U bu qo‘lni olib tashlashni istamadi. Karina ham qarshilik ko‘rsatmadi.
Jungkook ketayotgandi. Qadamlari og‘ir, yuragi biroz g‘ash edi. Dohoonni ko‘rgani, Karinaning kulgusi, ularning qulay suhbatda bo‘lishi — yuragini g‘ijimlagandi.
Ammo u bu hislarni tan olishni xohlamasdi. Shunchaki:
— “Men sen uchun emasman,” — deb o‘ziga o‘zi pichirladi.
Lekin qadamlari sekinlasha boshladi…
U o‘girildi.
Karina hanuz u yerda edi. Uy eshigi oldida, endigina kalitini chiqarayotgan edi. U orqasidan chaqirdi:
Karina hayron bo‘lib o‘girildi: — “Hmmm?..”
Jungkook asta yaqinlasha boshladi. Qadamlarida g‘azab yo‘q, lekin nima deyishini o‘zi ham bilmasdi.
— “U bola… Dohoon. U senga yoqadimi?”
Karina unga qarab turdi. Bir zum sukut.
Keyin ohista kulimsiradi, lekin bu kulgu quvnoq emasdi, balki hayratli edi.
— “Siz buni so‘rashyapsizmi?..”
Jungkook qarab turdi: — “Shunchaki bilmoqchiman.”
Karina bir qadam unga yaqinlashdi, yuzida sokinlik:
— “U meni yaxshi do‘stim. Bolaligimdan. Shunchaki… hech qanday alohida tuyg‘u yo‘q.”
Jungkook sekin boshini qimirlatdi, ko‘zlari yengilroq edi. Karina yuragini tutib dedi:
Jungkook hech narsa demadi. Biroz qarab turdi. So‘ng Karinaning yonidan yurgandek bo‘ldi, ammo to‘xtab:
— “Men… shunchaki… seni kim bilandir ko‘rishga o‘rganmaganman, shekilli.”
Karina yuragida nimadir siljigandek bo‘ldi. U bu gapni eshitgach, ko‘zlari pastga tushdi.
— “Men ham hali sizga o‘rganmaganman,” — dedi u asta, — “...lekin bu — o‘rganishni istamayman degani emas.”
Shu payt ularning orasida jimjitlik paydo bo‘ldi.
Faqat shamol.
Faqat yuraklar.
Jungkook hech narsa demadi. Yuzidagi ifoda sal yumshadi. Keyin Karinaning yonidan o‘tgach, eshik oldida sekin to‘xtadi:
— “Bugun yomon emas eding,” — dedi u yarim kulimsirab. “U bola oldida ham…”
Karina kulib bosh chayqadi: — “Siz ham... unchalik sovuq emas ekansiz.”
Ular bir-birlariga uzoq qarab turishdi.
Keyin Karina eshigini ochdi, ichkariga kirmasdan oldin pichirladi: — “Yaxshi tun, Jungkook.”
Jungkook sekin orqaga yurdi. Ammo yuragi, birinchi marta, sokin bo‘lib ketayotgandek edi.