June 27

𝗠𝗔𝗦𝗞𝗔𝗥𝗔𝗗

Ichida bir qancha hissiyotlari bilan kurashib toza havoga chiqqan Jungkook chuqur xo'rsingancha o'yga tolib qoldi. Nima uchun bu narsa unga qattiq taʼsir qildi? Uzoq vaqtdan soʻng ilk bora ayol kishiga iliqlik sezganida rad etilishdek bir zarbani boshidan oʻtkazdi. Rosti bunda oʻzining ham aybi bor. Boʻlib oʻtgan ishlardan keyin Shahi uni quchoq ochib qabul qilmasligi tayin. Axir ikkisining oʻrtasida oz muncha dilxiralik va tushunmovchiliklar boʻlmadi. Natijada bundan asosiy jabr koʻrgan Shahi edi. Jungkook uning koʻnglini necha marta sindirganini sanogʻi yetish imkonsiz. Oʻzgalar qilgan xiyonati alamini qizdan olmasligi kerak edi. Endi esa uni yoʻqotib qoʻyishdan , tashlab ketishidan qoʻrqyapti. Oʻpkasini to'ldirgancha havo yutib keyin sekin chiqargan Jungkook biroz hardam hayollikdan qutulib mashina tomon odimladi.

Jungkook: ChinJun , faqat 15 daqiqada vaqtimiz bor ekan. Shoshilishimiz kerak

Bola telefonni dadasiga qaytarib mashinadan sakrab tushdi-da uning qoʻlidan tutdi. Jungkook uning kichkina qo'lchasidan yengil ushlagancha ichkariga olib kirdi.

*

Palataga qadam bosishganida Shahi yotogʻida hayol surgancha choyshabi burchagini oʻynar, Xu-ning esa deraza orqali atrofni tomosha qilardi. Xursandchiligi ichiga sigʻmagan ChinJun yugurgancha borib qizning quchogʻiga otildi. Uning kutilmaganda paydo boʻlishi Shahini karaxt qilib nima qilishni bilmay qotib qoldi. Bola uni shunchalar mehr bilan quchoqlagandiki lablarida yumshoq tabassum yoyilgandi. Jungkook ostonada qoʻllarini cho'ntaklariga joylagancha ularni kuzatar , Xu-ningni ham diqqati endi ularda edi. Qiz aql-hushini yig'gancha ChinJunni toʻliq bagʻriga bosdi. Bolakay mana endi uning iliq taftini his qilishga muvaffaq boʻlgandi.

- Q-qayerda e-edingiz?

Jungkookning koʻzlari oʻgʻlining ovozini ilk bor eshitgach kattalashgancha gangib qoldi. Shu zaylda bir on qotib qoldi-da oʻzini bunga ishontirishga kirishdi. Balki shunchaki hayol surgandirman degan oʻylar ham uni biroz chulgʻab olgandi. Lekin Xu-ningni savoli uni darhol oʻziga keltirdi.

Xu-ning: ChinJun ancha avval gapirishni boshlagan edi. Seni bundan xabaring bormi?

Ularning oldida shunchaki boʻsh kelishni istamagan Jungkook oʻzini xuddi bilgandek tutib tomogʻini qirdi.

Jungkook: Albatta , biz bir necha kundan beri suhbatlashyapmiz

Yolgʻonini bir amallab sezdirmaslikka harakat qilayotgan yigit akasining shubhali nigohlaridan qochib qutula olmasdi. ChinJunni butun diqqati Shahida boʻlgani uchun uni deyarli eshitmadi. Yoʻqsa bola uning aldayotganini darhol bildirib qoʻyishi aniq edi.

- Y-yana yiqilib tush-tushdingizmi?

Shahi bu savolga albatta tayyor emasdi. Shuning uchun qandaydir yumshoq toʻqima bilan avramoqchi boʻlib ogʻiz juftlaganda Jungkook javobni berdi.

Jungkook: Yoʻq, mashina tagida qolib ketdi

Xu-ning: Ahmoq!

Kichkina bolaning yonida tab tortmay bunday vahimali xabarning aytilishi barchani hayratga soldi. ChinJun dadasidan koʻzlarini olib Shahiga moʻltirab tikilarkan qiz uni oʻziga yaqinroq tortib Jungkookka yuzlandi.

Shahi: Umringizda bir marta boʻlsa ham oʻzingizni sogʻlom insondek tuting!

Jungkook: Uni qiz bolaga oʻxshatib tarbiyalashimni kutyapsizlarmi? Kelajakda haqiqiy erkak boʻlib yetishishi uchun bunday narsalarga hozirdan koʻnikishi kerak

Shahi: Nimalar deyapsiz oʻzi? U hali esini yaqinda tanishni boshlagan bola!

Xu-ning: Oʻgʻlingni shu kabi voqealar tufayli gapirishi kechikkani koʻzingni ochmadimi?

Jungkook: Yetar endi , oʻzingizni bola fidoyisidek koʻrsatmay qoʻya qoling. Meni oʻgʻlim haqiqiy arslon boʻlib ulgʻayishi kerak! Sizlarga qolsa uni qoʻrquvini miyasiga singdirib oddiy holatga aylantirasizlar

*

Shahi: Sen buni hali ham oʻzing bilan olib yuribsanmi?

Qiz ChinJun quchogʻida tutib turgan oʻsha yumshoq oʻyinchoqqa ishora qildi. Bola kulimsirab bosh irg'agancha quyonchani mahkam quchoqladi. Baʼzan hammasi biz oʻylagandan-da boshqacha boʻladi. ChinJunning oʻyinchoqlari shunchalar ko'pki ularning ayrimlarini qoʻliga ham olmaydi. Ular ushbu quyonchadan ancha qimmat va gʻayritabiiy funksiyalari yetarlicha koʻp. Biroq ChinJunning xohishi aynan shu yumshoq oʻyinchoqda. Oradan bir necha daqiqa oʻtib eshik ohista ochilib yana bir kichkintoy koʻrinish berdi. Sohining tashrifi Shahi uchun butunlay kutilmagan syurpriz boʻldi. Hijolatomuz jilmaygan Sunhee qizalogʻining kichik yelkalaridan tutgancha ichkariga olib kirdi.

- bemavrid kelmadikmi?

Xu-ning: Yoʻq, ayni vaqtida keldingiz

Opasining karavoti ustida begona bola oʻtirganini koʻrgan Sohining qizg'anish hisi birdan avj oldi. Qoshchalarini chimirgancha ChinJunga bir necha daqiqa tikilib qarab turdi. Onasi yelkasini qoʻyib yuborishi bilan Shahi uni oʻziga chorlagan zahoti darhol uning yoniga bordi. ChinJun ham katta , qora koʻzlari bilan notanish qizaloqqa termulib qotib qoldi.

Shahi: Fursatdan foydalanib sizlarni tanishtirib qoʻyaman. Menimcha yoshlaringiz teng va umid qilamanki tezda chiqishib ketasiz. ChinJun , bu mening singlim Sohi. Kichkina farishtam , bu bolakayni ismi ChinJun. U...

Qiz bir muddat ChinJunni kimi sifatida tanishtirishni oʻylab qoldi. Bu orada Sohi ChinJunning qoʻlida opasi sovgʻa qilgan quyonchani koʻrib koʻzlarini kattalashtirdi. Bu aniq oʻsha oʻyinchoq ekaniga 100 foiz amin edi. Chunki uning chap qulogʻining bir chetini uzib olgani hamon yodida.

Sohi: Bu menikiii...

Qizaloq kutilmaganda ChinJunni qoʻlidagi oʻyinchoqqa chang soldi. ChinJun esa uni qattiq quchoqlab xuddi hayotidagi eng muhim buyumdek ushlab olgandi. Kattalar bu holatdan shokka tushib nima yoʻl tutishni bilmay qotib qolishdi. Sohi qoshlarini chimirib bor kuchi bilan quyonchani tortqilar , ChinJun qovoqchasini uygancha uni berib qoʻymaslik uchun jon-jahdi bilan tutib turardi.

Shahi: Sohi , shoshma. Bu seniki emas. Juda oʻxshash boʻlgani uchun adashtiryapsan

Shahining yolgʻoni bu gal Sohini ishontirishga kuchsizlik qildi. Chunki qizcha oʻyinchogʻi qulogʻidagi oʻsha belgini hech qachon esidan chiqarmagandi.

Sohi: Yoʻq! U meniki... Quyonchamning qulogʻida nuqsoni bor edi! Nega meni oʻyinchogʻimni o'g'irlading?

- qizim senga yangisini olib beramiz. Xuddi shunaqasidan yaqinda bir doʻkonda koʻrgan edim

Sohi: Istamayman! Menga oʻzimni oʻyinchogʻim kerak. Hoziroq qaytarib bersin!

Sohining injiqliklari borgan sari avj pallasiga chiqib yer tepinib yigʻlashni boshladi. Oʻgʻlining yoniga kelib to'zg'igan sochlarini to'g'irlagan Jungkook uni avrashga kirishdi.

Jungkook: oʻgʻlim , qiz bolalarni narsasini ruxsatisiz olib qololmaysan. Bundan tashqari ularni hafa qilish ham yaxshi emas. Qara u yig'layapti

Sohining yanoqlarida yaltiragan yoshlarni Shahi barmoqlari uchida artib yengil engashgancha uni quchoqladi. ChinJun esa bir dadasiga, bir qizaloqqa nazar tashlab olgach lablarini qimtigancha quyonchaga tikildi. Bu oʻyinchoq unga anchadan beri qadrdon boʻlib qolgani bois osonlikcha undan voz kecha olmasdi ammo dadasining gaplarida jon bor. Jungkook oʻgʻliga qizlarga nisbatan gentleman boʻlishni oʻrgatib kelmoqda. Buni shunchaki aksini takrorlamaslik lozim. Goʻyo quyoncha bilan soʻnggi bora vidolashib boʻlgandek xo'rsingan bola uni ohista Sohiga uzatdi. Koʻzlarini artgan qizaloq oʻyinchogʻini tezda tortib olib opasining pinjiga kirib oldi. Shahi esa nima deyishini , nima qilishini bilmasdan shunchaki sukut saqlardi. Bir barmogʻini tishlasa qolganlari baravar ogʻriydi. ChinJunga yon bosadigan boʻlsa Sohining koʻnglini sindirishi mumkin , agar Sohini qilgan ishini maʼqullasa unga endi mehr qoʻygan ChinJunni oʻzidan sovutishi mumkin. Xona ichida noqulay sukunat hukmronlik qilgan bir paytda ChinJun munchoq koʻzlarini Jungkookka qaratdi.

- d-dada , uyga ketgim k-kelyapti

Ovozi ma'yuslashib qolgan bola dadasining oʻzinikiga nisbatan katta qoʻlini qattiq ushladi. Shahining tomogʻi taranglashib noqulay ahvolga tushgan boʻlsa-da tiliga biror soʻz kelmadi. Jungkook oʻgʻlining " dada " deb chaqirishini anchadan buyon kutgan edi lekin bu shaklda emas. ChinJunning kayfiyati tushib ketgani aynan ohangi sezdirib qoʻygandi. Shahiga qisqa koʻz tashlab qoʻygan Jungkook oʻgʻliga yengil bosh irgʻadi.

Jungkook: Ketdik

Xu-ning ham Shahini oilasi bilan yolgʻiz qoldirish maqsadida sekin oʻrnidan turib Jungkook va ChinJunning ortidan eshik tomonga yoʻnaldi.

Xu-ning: Unda men ham sizlarni holi qoldiray

Palatada faqat uchalasi qolgach Sunhee Sohining sochlaridan mayin silab dedi.

- ona qizim bu nima qilganing? Hammani oldida shunaqa xunar koʻrsatishing shartmidi? Senga qizgʻanchiqlikni o'rgatganmidim? Meni juda uyaltirding , buning ustiga opangni ham ranjitding. Birinchi tanishgan odamlaringga bunday yomon taassurot qoldirish yaxshi emas. Senga bunday oʻyinchoqlardan million xilini olib bera olamizku

Sohi hali kichkina boʻlgani uchun bunday suhbatlarga tayyor emasdi. Xuddi opasi va onasidan arazlagandek quyonchasini qattiq quchgancha , lablarini burishtirib ulardan uzoqlashdi. Shahi hamon jim. Hayot allaqachon uni ogʻir sinovlar bilan holdan toydirgan. Shuning uchun ogʻiz ochib bir nima deyishga jurʼat topa olmadi. Sunhee ohista uning yonida oʻtirib savol berdi.

- kasalxonadan chiqib biz bilan ketasanmi?

Qiz oʻsha zahoti keskin bosh chayqadi.

Shahi: Yoʻq, men Hyunjin boʻlgan uyda yashash tugul bir kisloroddan nafas olmayman

- Hyunjin uyga deyarli kelmaydi

Shahi: Men borganimdan soʻng oʻsha maraz birdan yetib kelib joylashib oladi. U bilan pachaklashishga ortiq asablarim dosh bermaydi

*

Oradan bir necha kun oʻtib Shahi ahvoli toʻliq yaxshilanganiga ishonch hosil qilgancha klinikadan chiqdi. ChinJun bilan oʻtgan soʻnggi uchrashuvdan keyin biroz dili xira boʻlib vijdon azobida qiynalishiga toʻgʻri keldi. Ehtimol bola hamon undan hafadur. Qiz singlisiga hech nima deya olmagani uchun undan koʻngli qolgan boʻlsachi? Balki ChinJun uning himoyasini oʻsha paytda chin dildan xohlagandir. Xullas , qiz qaytishi bilan hech nimaga qaramay ChinJunni xonasiga yoʻl oldi. Kirish oldidan taqillatib soʻng xiyol moʻralaganida bolaning nigohlari unga tushdi. Tahmin qilinganidek ChinJun undan ranjigan. Koʻzlarini goʻyo begonanini koʻrgandek olib qochgani bunga yaqqol isbot edi.

Shahi: ChinJun , kirsam boʻladimi?

Boladan sas-sado chiqmadi. Lablarida beixtiyor xijolatli tabassum oʻynagan Shahi ichkariga qadam tashladi. ChinJunning bir tomonidan joylashib uni sekin oʻziga qaratdi.

Shahi: Bilaman seni oldingda aybdorman. Lekin meni ham tushun. Oʻsha paytda ikki oʻt orasida qolgandim. Seni ham , Sohini ham qattiq yaxshi koʻraman axir

Bolakayning sukunati buzilmadi. Shahi esa uni eritguncha gaplashishga qaror qildi. Bu oson boʻlmasligi aniq biroq har tugul urinib koʻrish zarar qilmaydi.

Shahi: ChinJun , meni kechir. Senga soʻz beraman keyingi safar barchasi butunlay boshqacha boʻladi. Sen hali Sohi bilan yaxshi tanisha olmadingku , toʻgʻrimi? U bilan chiqishib ketsang meni yoki dadangni aralashishimizga hojat qolmaydi. Hammasini teng oʻrtadan boʻlishadigan yaqin doʻstlarga aylanasizlar

Eshik qoʻngʻirogʻining yo'g'on ovozi ikkisining ham e'tiborini tortdi.

Shahi: Kim boʻldi ekan? Dadang bu paytda ishda boʻlar edi shekilli

Kutilmagan chaqiriqqa javob berish uchun shoshilgan qiz xonasidan maxsus kalitni olib chiqdi. Eshikka yetib olguncha hayolida millionlab tahminlar aylanib kichkina monitor orqali kimligini koʻrmoqchi boʻldi. Tashqi tomonda oʻrnatilgan mitti kameracha qarshisida oq suyaklar singari kiyinib olgan oʻrta yoshlardagi ayol turardi. Shahi tabiiyki uni taniy olmagani bois eshikni ochishga shoshilmadi. Xonim esa kutishga toqatsizlangancha toshlar bilan nozik ishlov berilgan qoʻl soatiga qaradi. Keyin esa qoʻngʻiroqni yana chalishga majbur boʻldi. Odatda Shahi tavakkal qilishni yoqtirmaydi ammo bu gal nima uchundir u salqin havoda ayolni koʻchada qoldirishni istamadi. Eshik avtomatik tarzda ochilishi bilanoq xonim koʻzoynagini burni ustiga sekin tushurib qizga qarashlarini tikdi.

Shahi: Keling , sizga kim kerak?

Ayol soʻzsiz ichkariga bostirib kirdi-da sumkasi va ustki kiyimini yechgancha Shahining qoʻliga tutqazdi. Uning bu harakatlari qizni bir muddat hayron qoldirib gangitib qoʻydi. Ichkarini yumshoq lekin oʻziga xos kuchga ega atirning hidi tutib ketdi.

- qizim tezroq ochsang boʻlmaydimi tashqarida oʻlay dedimku

Shahi: K-kechirasiz , siz...

- menga xona haroratida boʻlgan suv olib kel. Xuddi ulkan choʻlni bosib oʻtgandek tomogʻim qurib ketdi

Ushbu buyruqlar Shahini ikki karra shoshirib qoʻydi. Nima uchun bu xotin oʻzini oʻz uyiga kelgandek tutyapti?

- bu-bu-buviiii

Zinadan oyoq ostiga ham qaramasdan yugurib tushgan ChinJung katta tabassum bilan ayol tomon talpindi. U bolani koʻrib chehrasi yorishgancha ikkilanmasdan koʻtarib oldi-da yuz-ko'zlaridan oʻpishni boshladi. Ular tashqaridan shunchalik mehrga toʻlgan holda koʻrinishar ediki , Shahida ortiq ayolni begona degan gumonlar qolmadi.

- kichik shahzodam , seni shunchalar qattiq sogʻindimki. Tuni bilan uxlay olmaydigan boʻlib qoldim. Ahvoling yaxshimi , yolgʻiz oʻzing zerikmayapsanmi?

ChinJun bir bor Shahiga nazar tashlab olgach boshini " yoʻq" deya chayqadi. Xonim uni yana mahkam bagʻriga bosarkan koʻzlari nogahon atrofda ish bilan band boʻlib yurgan robotlarga tushdi.

- bu nimasi boʻldi endi?

Ularni koʻrib biroz hayron boʻlgancha hamon sumkasi va ustki kiyimini koʻtarib turgan qizga qaradi.

- qolgan xizmatchilar qayerda?

- b-buvi , d-dadam ularni haydab y-yuborib oʻrniga r-robotlarni olib keldi

- bolajonim, sen gapiryapsanmi?

Shahi ularni yolgʻiz qoldirib ohista gʻoyib boʻldi. Qo'lidagilarni tayinli joyga qoʻyib telefonini oldi-yu Jungkookni raqamini terdi. Menimcha bu ham yetarli emas. Xu-ningga ham xabarni yetkazish kerak. Ikkisi ham onasi kelganini bilishi lozim. Oshxona suyanchig'iga yengil tayangan Shahi konferens aloqa bilan Xu-ningni ham qoʻngʻiroqqa bogʻladi.

Jungkook: Eshitaman

Xu-ning: Jungkook?

Jungkook: Tushunmadim, sen Shahi bilanmisan?

Shahi: Sizlarga men bir vaqtda bogʻlandim. Muhim yangiligim bor. Menimcha ikkingiz ham bunday syurprizni kutmagansiz

Yigitlar ishlarini bir chetga surib butun quloqlari bilan Shahini tinglashga kirishishdi.

Shahi: Oyingiz shu yerda

Goʻyo aloqa uzilib qolgandek ikkala tomonga ham jimlik choʻkdi. Qiz buni tekshirish uchun telefon ekraniga qarab koʻrdi lekin ular hamon aloqada edilar. Birozdan keyin esa birinchi boʻlib Xu-ningni ovozi eshitildi.

Xu-ning: Men kechagina oyimga vaziyatni tushuntirgan edim. Bunga meni sira dahlim yoʻq

Jungkook: Demak yaxshi tushuntira olmagansan

Xu-ning: Unda nega oʻzing shu ishni zimmangga olmading?

Jungkook: Qoʻngʻiroqlarimga javob berganida buni senga qoldirmasdim. Shahiga uylangan kunimdan buyon mendan arazlab gaplashgani yoʻq

Shahi: Baxslashishni bas qilib tezda yetib keling. Men ungacha gapga tutib turaman

Jungkook: Hotirjam gapirayotganingga qaraganda senga halicha hujum qilmagan

Shahi: U meni xizmatkor deb oʻylayapti. ChinJunni ogʻzidan chiqib ketgudek boʻlsa bu niyatingiz aniq amalga oshadi

*

[ 𝗕𝗶𝗿 𝗻𝗲𝗰𝗵𝗮 𝗱𝗮𝗾𝗶𝗾𝗮𝗱𝗮𝗻 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴 ]

Yigitlar zudlik bilan uyga yashin tezligida yetib kelishdi. Ichkariga kirishganida Shahi oshxona eshigi tagida moʻralab turar , Jeon xonim esa mehmonxonada nabirasi bilan suhbatlashar edi. Jungkook qizga " nima boʻldi? " degandek imo qildi va Shahi bunga javoban yelkalarini qisdi. Xu-ning ukasini chetlab oʻtgancha onasi yoniga ketdi. Koʻp oʻtmay Jungkook ham unga ergashdi.

Xu-ning: Oyi?

Ayolning yuzi katta oʻgʻlini koʻrgach yanada yorishib bosh irgʻadi.

- xayrli kun

Xu-ning: sizga ham xayirli boʻlsin. Bu yerda nima qilyapsiz?

- oʻzim koʻrgani kelmasam sizlar onam bor deb ham oʻylamaysizlar

Jungkook paydo boʻlganidan soʻng u lablarini burgancha ChinJunga qayta diqqatini qaratdi.

Jungkook: Ahvolingiz yaxshimi? Nega kelishingiz haqida avvalroq aytmadingiz? Ogohlantirganingizda kutib olish uchun chiqar edik.

- Xu-ning , yoningdagi yigitga ayt meni savolga tutmasin. Baribir unga javob bermayman

Shahi ohista oʻzini koʻrsatmasdan devor ortidan moʻraladi.

- keyin mana bu jinnicha matohlarini ham oʻchirib qoʻysin. Har xil temir-tersakning ovoziga g'ashim kelyapti

Jungkook Xu-ning bilan bir lahza koʻz urishtirib olgach robotlarni boshqarish aparati tomon borib ularni oʻchirib qoʻydi. ChinJung buvisining qoʻynida mittigina boʻlib oʻtirarkan dadasiga muloyim jilmaydi. Jeon xonim koʻzlari orqali Shahini izlashga kirishdi. Uni topa olmagandan soʻng yana oʻgʻillariga nigohini qaratdi.

- nega yosh qiz hayhotdek uyda erkak kishi bilan yolgʻiz qolgan. Uni sha'ni sizlar uchun sariq chaqaga arzimaydimi? Hayotda har xil kutilmagan vaziyatlarga duch kelamiz. Qizni havfsizligi toʻliq ta'minlanmagani koʻrinib turibdi. Unga hech boʻlmaganda yana bitta yordamchi kerak.

Xu-ning: Oyi...

- inkor qilishga urinma , Xu-ning. Ukangni ichib olib unga tashlanmasligiga kafolat bera olmaysan

Jungkook: Oyi, u xizmatchi emas. Mening qonuniy rafiqam boʻladi

Jeon xonim bir pasda oʻgʻliga tikilgancha haykaldek qotdi. Kipriklarini goʻyo uning soʻzlarini tushunmagandek pirpiratdi. ChinJun muzlab qolgan buvisiga tikilgancha moʻltiradi. Ularni devor ortidan eshitib turgan Shahining ruhi esa tanasini tark etishiga oz qoldi. Jungkook unga qatʼiy boqib turar , koʻzlarida zarracha afsuslanish hisi yoʻq edi. Jeon xonim aynan shu masala yuzasidan u bilan arazlashib yurganini ham hisobga olmadi. Onasi Miren bilan boʻlib oʻtgan ishlardan keyin Shahini qanday qabul qilishini oʻylamadi xatto. Ayol hushini yigʻib olib yengil xo'rsingancha nabirasiga koʻzlarini tikdi. Soʻng uning ortini yengil silagancha qoʻynidan tushurib oʻrnidan turdi.

- u bilan yolgʻiz gaplashmoqchiman

Xu-ning ukasiga koʻz ostida ishora qilib yelkasidan qoqdi va ChinJunni qoʻlidan tutgancha davrani tark etdi. Onasi bilan yakkama-yakka qolgan Jungkook Shahini u bilan yolgʻiz qoldirgisi kelmasdi. Hayoliga faqat Jeon xonim unga tabni xira qiladigan gaplarni gapirib koʻnglini ogʻritishi mumkin degan gumonlar charx urdi. Lekin u onasi ayni damda jiddiy ekanini biladi. Ayol doim aytgan gapida qatʼiy turgan. Ikkilanishlar to'sig'i orasida qolgan yigit sochlarini ortga qaytargancha chiqib ketdi. Yoʻlida Shahiga toʻqnash kelib unga dalda berib oʻrtadagi sirni oshkor qilmasligi uchun nimadir demoqchi edi. Biroq xonimning tovushi tiliga soʻz kelishiga imkon qoldirmadi.

- men kutishni yoqtirmayman!

*

Roʻparasida turgan qizga bir zum kiprik qoqmay qarab turgan xonim uni oʻzicha Miren bilan taqqoslashni boshladi. Bo'y-basti , nigohlari, oʻzini tutishini va yuz ifodasini erinmasdan tahlilladi. Balki koʻrinish aldamchi boʻlar yoki ehtimol birinchi uchratgani sababli xulosa qilish notoʻgʻridir ammo Shahi baribir boshqacha edi. Mirenni koʻzlarini shunchalar sovuq ediki ayol unga qarashni ham oʻziga ep koʻrmasdi. U boshidanoq bu toʻyga qarshi boʻlgan. Mirenning qaysarliklari-yu betkachoparligini hech ham hazm qila olmasdi. Biroq oʻgʻlining koʻnglini qoldirmasdan , uning hayotiga aralashmaslikni lozim topib rozilik bildirgandi. Vaqt oʻtib esa bundan afsuslandi. Mirenni oʻgʻliga qilgan qilmishlarini eshitib ilgariroq aralashishi kerakligini oʻyladi. Hech boʻlmaganda farzandi ogʻir zarbani qabul qilishini oldini olgan boʻlarmidi.

- Jungkookni oʻtmishidan xabaring bormi?

Shahi: ha

- u bilan qanday tanishgansan?

Shahi: h-haligi... Atelyeda. Men oʻsha yerda ishlar edim. U buyurtma uchun kelgan edi

- nega birdan unga turmushga chiqishga rozi boʻlding? Ajrashganiga hali hech qancha boʻlmagan edi. Umuman ikkilanmadingmi?

Shahi boshini yerga qaratgancha bu safar mavhumroq javob berdi.

Shahi: Biz barini kelishib olgandik

- qanaqa kelishuv?

Shahi: Ming bor uzr , buni sizga ayta olmayman. Istasangiz Jungkookdan soʻrab bilishingiz mumkin. Lekin men bu haqda biror narsa deyishga ojizman

Ayol bir muddat unga tikilib qoldi. Shahi hanuz uning koʻzlariga tik qaray olmay qarshisida qoʻl qovushtirib turardi.

- rostini aytsam , men hali ham koʻnika olmayapman. Jungkook sobiq xotinini juda yaxshi koʻrardi. Uni yoqtirmasam ham kun kelib ajrashishlariga koʻzim yetmasdi. Kamiga oʻrtada bola bor

Shahi: Sizni tushunaman. Aslida meni ham yoqtirmaslikka haqqingiz bor

- baribir Jungkookdan koʻproq hafaman. Toʻyingiz haqida eshitgan eng oxirgi inson men edim

Shahi: Men ham u singari aybdorman. Siz bilan tanishish uchun avvalroq harakat qilishim kerak edi

Jeon xonim uning javobidan hayron bo'ldi. Ko'pchilik bunday paytda o'zini oqlashga urinadi lekin qiz erining aybini bo'lishishga tayyor edi. Qizning ko'zlarida qo'rquv va samimiyat bor. U Mirenni koʻzlarida hech qachon bunday muloyimlik koʻrmagan. Shuning uchun koʻngli Shahiga nisbatan yumshab " nachora" degandek xoʻrsinib ketishiga ruxsat berdi.

*

Oshxonada asabiylashgancha tirnoqlarini tishlab nima gap-soʻzlar boʻlayotganiga qiziqayotgan Jungkook u yoqdan bu yoqqa yurardi.

.Ayollar suhbatini yashirincha eshitishni oʻziga ep koʻrmay shu yerda kutgancha ichiga sigʻmasdi. Xu-ning esa oʻzini hotirjam saqlagancha jiyaniga olma kesib berardi. Axiyri Jungkook yurishdan charchab tashqariga chiqmoqchi boʻldi ammo Shahi allaqachon yetib kelgan edi. Eshik ostonasida bir-biri bilan toʻqnashib ketib qiz uning koʻksiga peshonasini urib oldi. Jungkook o'zi bilmagan holda uning yelkalaridan yengil tutib qoldi. ChinJun ular tomonga burilgan yuzini esa Xu-ning sekin oʻziga qaratdi.

Xu-ning: Sening diqqating hozir mevada boʻlishi kerak, kichik janob

Qiz sekin undan uzoqlasharkan , Jungkook vaziyatdan chiqish uchun tomoq qirib soʻradi.

Jungkook: Xoʻsh, nimalarni gaplashdingiz?

Shahi: Deyarli hech nima. Oyingiz juda mehribon ayol ekan. Ilk koʻrganimda boshqacha fikrda edim. Lekin hozir buni aksi boʻlib chiqdi

Jungkook: Sendan buni soʻramadim. Nikoh haqida nimalarni muhokama qilganingizni bilishni istayman

Shahi: Buni endi ona-bola birgalikda suhbatlashasiz. Men gap tashishni yoqtirmayman

Shahi uni yana savollar girdobida qoldirgancha chetlab oʻtib ketdi. Taftini bosish uchun muzdek suvni simirarkan zimdan Jungkookka nazar tashlab qoʻyardi. Jungkook qoʻl soatiga qarab vaqtni tekshirdi-yu bo'yinbog'ini to'g'irlagandek boʻlib Xu-ning tomon oʻgirildi.

Jungkook: Meni biroz chala qolgan ishlarim bor. Ayollar va ChinJun senga omonat

Xu-ning miyigʻida kulibsirab qoʻllarini sochiqqa artgancha bosh silkitdi.

Xu-ning: Bunaqasi ketmaydi , Jeon Jungkook. Meni oilaviy spektakllaringga aralashtirma. Vaqt borida juftakni rostlamasam onamning ta'nalari ostida qolishimga toʻgri keladi

Jungkook: Qochib qayoqqa ham borarding. Baribir bir kun qopqonga tushasan

*

Peshindan keyin xonim oʻziga biriktirilgan xonaga joylashib olgach boshi biroz og'riganini his qildi. Bu ehtimol qon bosimi koʻtarilganiga ishora edi. Maxsus aparat orqali oʻlchab chindan ham shunday ekaniga ishonch hosil qilganidan soʻng moychechakli choy damlash maqsadida oshxonaga yoʻl oldi. U yerga yetib kelib havsala bilan javoblarni qidira boshladi.

- balki bular moychechak gulini sotib olishmas

Bir daqiqa oʻtar-oʻtmas ayol ortidan yoqimli ovozni eshitdi.

Shahi: Nimadir kerakmi?

- ha , qon bosimim koʻtarilibdi. Shuning uchun moychechak gulidan choy tayyorlamoqchi edim

Shahi: Istasangiz men tayyorlab beraman

Yuz ifodasi yumshab qoshlarini koʻtargan xonim lablari uchida nim tabassum bilan chetga oʻtdi.

- istamas ekanmanmi?

Shahi kerakli javonni ochib tokchadan qadoqlangan moychechak gulini oldi. Keyin muzlatgichni ochib limon oldi-yu ustki qismini chayib kesishga tushdi.

- limon shart emas. Men oʻzini yoqtiraman

Shahi: Limon qon bosimini tezroq tushishiga yordam beradi. Bir marta sinab koʻring yoqmasa boshqa tayyorlab beraman

Ayol sinchikov nigohlari bilan Shahining yaxshilab kuzatdi. Negadir qiz Jeon xonimga avval hech ham qilmagan ishlariga undayapti. Masalan , u avvallari umuman Mirenni bunchalar kuzatmagan. Ehtimol shuning uchun u Jeon oilasining gʻururini yer bilan yakson qilgandir. Jeon xonim unga oldindan e'tiborli boʻlganida jirkanch ishlarni qilishga botina olmasmidi.

Shahi: Tayyor boʻldi

Qiz finjonga quyilgan choyni xonimga uzatdi. Ayol undan koʻz uzmay birinchi navbatda tatib koʻrdi. Haqiqatan ham limon choyga oʻzgacha taʼm beribdi.

- mmm mazasi juda noodatiy boʻlibdi. Katta rahmat

*

- eshitdingizmi yangi bino qurilishi butunlay toʻxtabdi. Janob Jeon shahar markazidan hashamatli joy sotib olibdi. Adashmasam u bino ham koʻp qavatli

- nima uchun toʻxtatilibdi?

- janob Jeon qurilish boʻshligʻini qamoqqa tiqqan emish. Aytishlaricha, oldingi binoda boʻlgan falokatda uning qoʻli bor ekan. Qurilish mollarini yetarlicha ishlatmasdan pullabdi , natijada bino moʻrt boʻlib arzimagan zilzilani deb qulagan

- jin ursin, shunchalikka borishibdimi? Axir odamlar oʻlishi mumkin edi

- bu hali hammasi emas. Tergov hali hanuz davom etayotgan ekan. Buni ortida turganlar ham oshkor boʻladi

Qahvasini bir hoʻplab olgan qizlar suhbatni past ovozda davom ettirishdi.

- yaxshi yangiliklar ham bor. Biz 3 kun ichida yangi binoga ko'chamiz va ochilish marosimida dabdabali bazm uyushtirilyapti

- mana bu boshqa gap. Anchadan beri koʻngil hushlik qilmagan edim

- ziyofat mavzusi MASKARAD boʻladi. Biz u yerda turli xil niqoblar bilan oʻyin-kulgu qilamiz. Bir tasavvur qiling. Rang-barang niqoblar, ichimliklar va musiqa. Bu gʻoya shaxsan Jeon Jungkookka tegishli

- sen shuncha narsani qayerdan bilasan?

- men boshliqning eng yaqin kotibasiman. Albatta bulardan xabarim boʻladi

Ular afsuski yolgʻiz emas edilar. Suhbatga yashirincha guvoh boʻlgan Miren ifloslik bilan kulimsiragancha Hyunjinga berilgan xona tomonga yoʻnaldi. Hyunjin anchadan buyon holdingda koʻrinish bermadi. Shu sababdan Miren bemalol uning xonasiga kirib chiqib yurgan edi. Ichkariga qadam bosishi bilanoq eshikni qattiq yopgancha telefonini olib oʻsha raqamga terdi.

- eshitaman

Miren: Menimcha katakdan chiqish vaqti yetib keldi

- sen hali ham voz kechmadingmi?

Miren: Oʻsha taviyaning qon yutib jon talashganini koʻrmaguncha voz kechmayman!

- yaxshi , ertadan harakatni boshlayman

Miren: Ertadan emas. 3 kundan keyin. Senga aniqlashtirib manzilni beraman. Ziyofat uyushtirilayotgan ekan. Erkatoy qizimiz albatta u yerga tashrif buyuradi. Uni oʻsha yerda gumdon qilishing kerak. Ogohlantiraman , bu gal ishni yana rasvo qiladigan boʻlsang seni oʻzim yoʻq qilaman!

#Shahi
@shiny_fanfic