
Choson saroyi go‘zallik va oʻziga jalb qiluvchi hashamat timsoli edi. Har bir yo‘lak oynadek yarqirar, har bir deraza esa quyosh nuriga burkangan qafasni eslatardi. Malika Sullin erkalatilish va sevilish uchun tug‘ilgandek edi goʻyo. U oʻta go‘zal, o‘tkir zehnli va boshqarishning iloji yo‘q darajada qaysar qiz edi. Shunday qiz ediki, birgina nigohi bilan bal zalini jimjitlikka cho‘mdira olardi, shu bilan birga ustozlarini umidsizlikdan sochlarini yulishga majbur qilardi.

Ichida bir qancha hissiyotlari bilan kurashib toza havoga chiqqan Jungkook chuqur xo'rsingancha o'yga tolib qoldi. Nima uchun bu narsa unga qattiq taʼsir qildi? Uzoq vaqtdan soʻng ilk bora ayol kishiga iliqlik sezganida rad etilishdek bir zarbani boshidan oʻtkazdi. Rosti bunda oʻzining ham aybi bor. Boʻlib oʻtgan ishlardan keyin Shahi uni quchoq ochib qabul qilmasligi tayin. Axir ikkisining oʻrtasida oz muncha dilxiralik va tushunmovchiliklar boʻlmadi. Natijada bundan asosiy jabr koʻrgan Shahi edi. Jungkook uning koʻnglini necha marta sindirganini sanogʻi yetish imkonsiz. Oʻzgalar qilgan xiyonati alamini qizdan olmasligi kerak edi. Endi esa uni yoʻqotib qoʻyishdan , tashlab ketishidan qoʻrqyapti. Oʻpkasini to'ldirgancha havo yutib keyin...

[ Final 1 ] Yoongi va Hoseok shossega, ikki furgon to‘qnashgan joyga yetib kelishdi. Jungkookning mashinasi ham shu yerda edi va Nick bilan Stivni furgoni ham bir necha metr narida topildi.