February 6

BABY WIFE 2

#ep_31 [ BONUS CHAPTER 1 ]

[𝗕𝗶𝗿 𝗼𝘆 𝗼‘𝘁𝗴𝗮𝗻𝗶𝗱𝗮𝗻 𝘀𝗼‘𝗻𝗴]

Bir oy va bir necha kun o‘tdi, lekin Shahi hali ham travmadan to‘liq tuzalmagandi. U o‘zini boshqalarga qaraganda tezroq tiklanayotganiga ishondi, bu esa Jungkook va uning ota-onasini sa’y-harakatlari evaziga.

— Yana biroz tonal krem suraymi? — deb so‘radi Aura.

Qiz oynadagi aksiga qarab dedi:
— Yo‘q, unnie. Men og‘ir bo‘yanishlarni yoqtirmayman.

Deyzi, Jimin va Aura, Nik va Stiv, Sana va Jack hatto Jungkookning ishdagi do‘stlari ham uni tez-tez ko‘rgani keladigan bo‘lishdi.

Ba’zida chinakamiga hamma narsani unutadi, faqat shu lahzadan bahramand bo‘ladi. Ammo keyingi lahzada — yomon xotiralar, o‘sha yomon xotiralar yana uni ta’qib qila boshlaydi.

— Ko‘z bo‘yanishing zo‘r chiqibdi! — dedi Sana og‘zini katta ochib.

— Bizning Shahi-ie eng chiroyli qiz, — dedi Aura faxr bilan.

— Unnie, bas qiling, — dedi Shahi va pomidorga o‘xshab qizarib ketdi.

Bu orada shuni anglab yetdiki, u hali ham ularni kechira olmadi... otasini, biologik otasini va jinoyatchi deb atalgan akasini. Otasi o‘sha voqeadan keyin ketdi, qayerdaligi noma’lum. Bir narsa qizni doim o‘ylantiradi: nega u barcha mol-mulklarini unga topshirdi?

Agar u barchasini unga bergan bo‘lsa, unda o‘zi qanday qilib pulsiz yashayapti?

— Qaysi rangni xohlaysan? — deb so‘radi Deyzi, lab bo‘yog‘i to‘plamini tekshirib.

— Uning o‘ziga hamma rang yarashadi, — dedi Sana bir nechta lab bo‘yog‘ini ko‘zdan kechirar ekan.

— To‘g‘ri. Lekin sen hohlayapsanmi uni yaltiroq yoki quruq bo‘lishini? — deb so‘radi Aura.

Qizni ko‘zlari har bir rangga tusharkan, u shunday deb baqirdi:
— Yaltiroq pushti!

— Shahi, bu juda yoqimli, lekin sal seksualliroq narsa tanla, — dedi Sana, boshqalar ham bosh silkib rozilik bildirishdi.

— Nude (tana rangidagi) har doim eng yaxshisi, — dedi Deyzi va oldingga bir nechta nude rangdagi lab bo‘yog‘larini qo‘ydi.

Shahining biologik otasi bir necha marta kelgan, ammo qiz u bilan uchrashishni rad etgan. Bu borada esa, u Jungkookning egalik qiluvchi xatti-harakatlarini ko‘rgan.

Har safar aynan Jungkook uni yaqinlashtirmagan va qiz bunga minnatdor.

U yaxshi biladiki, bu mavzu tilga olinishi Shahini larzaga soladi.

Deyzi bir qutini ochdi va hammaning og‘zi ochilib qoldi. Sana hayrat bilan so‘radi:
— Voy! Bu olmosmi?

— Albatta, olmos, — dedi Aura, Shahiga marjon va sirg‘alarni taqishda yordam berarkan.

Olmosning yaltirab porlayotgan bo‘laklari nur socha boshladi. Shunda Deyzi kulib dedi:
— Agar men o‘g‘il bola bo‘lganimda, allaqachon unga sovchi bo‘lgan bo‘lardim!

- Boʻldi endi, Deyzi, sen allaqachon kimnidir sevib qolganingni tan ol, – Sana qahr bilan dedi va e’tiboringni o‘ziga qaratdi.

Shahini hayotini shu bosqichida, Jungkook u uchun qanchalik muhim ekanini tushunib yetadi. U bo‘lmaganda, qiz allaqachon tushkunlikdan halok bo‘lgan bo‘lardi.

U doim uni baxtli, sog‘lom va yaxshi holatda bo‘lishiga ishonch hosil qiladi. U eng shirin inson va hayotida sodir bo‘lgan eng yaxshi hodisadir.

- Deyzi kimnidir sevadi, dedingmi? U omadli yigit kim ekan? – qiziqib so‘radi Shahi.

- Yo‘q, u yolg‘on gapiryapti, – dedi Deyzi xijolat bo‘lib.

- Rostdanmi? Sen buni tan olmasang, kelajakdagi kelinoyimni fosh qilib qo‘yaymi? – dedi Sana kulib.

- Sen Yoongi Oppa bilan yashirincha unashtirilgansanmi? – deb so‘radi Aura.

- Yo‘q, yo‘q... Yaa Sana! Sendan nafratlanaman! – Deyzi vahimaga tushib baqirdi.

Sana ko‘zlarini uqalab, javob qaytardi:
- Men ham, b*tch!

O‘tgan hafta haqida aytishni unutdim shekilli? O‘tgan hafta Shahini hayotidagi eng band hafta bo‘ldi.

Chunki u yana o‘sha odamga turmushga chiqyapdi. Ammo bu safar farqi shuki, endi ular ikkalasi bir-birini chin dildan sevishini bilasiz.

Har doim bir oz qayg‘uli tomon ham bo‘ladi. Va bugunning qayg‘uli tomoni shuki, bugun qizni sahnaga olib chiqish uchun hech kim yo‘q.

- Bu faqat bir tomonlama, – dedi Deyzi g‘amgin ohangda.

- Ammo uning tushida, u allaqachon mening oppam bilan uch farzandning onasi bo‘lib ulgurgan, – dedi Sana kulib.

Deyzining yuzi qizarib ketdi va u baqirdi:
- Yaa Sana!

Sana tilini chiqarib, kinoyali ohangda dedi:
- Men yolg‘on gapirmayapman.


Hozirgi shovqin-suron haqida gapiradigan bo‘lsak, bu uch qiz aslida Shahiga to‘y uchun make-up qilish uchun kelishgan edi, lekin oxirida qizlarcha ajoyib vaqt o‘tkazishdi.

Aura – bu yerda Shahini pardoz qilayotgan yagona odam, Sana va Deyzi esa uni xursand qilish uchun shu yerda.

Aura avvalgidan ham chiroyliroq ko‘rinadi, bir so‘z bilan aytganda – u yorishib ketgan.

Qorni boshqa homilador ayollarnikiga qaraganda kichikroq, va u shunchalik yoqimliki, unga qarab yurak eriydi.

- Sen meni fosh qilding, endi men ham seni fosh qilaman, – dedi Deyzi , Sana esa dahshatdan og‘zini ochib qoldi.

- Nima... Nima demoqchisan? – deb so‘radi u.

Deyzi kulimsirab dedi:
- Sana aslida yashirincha o‘sha bo‘ychan yigit bilan uchrashyapti.

- Q-qaysi bo‘ychan yigit? – dedi Sana dovdirab, Aura esa pichirlab kuldi.

- Jack oppani aytyapsizmi? – deb so‘radi Shahi.

Sana yuzini yashirish uchun o‘girildi va qichqirdi:
- Yaa Deyzi! Seni o‘ldiraman


Mana shu yerda Deyzi va Sananing o‘zaro tortishuvi tomosha qilishga arziydi. Shahi ularning yana yarashganidan mamnun.

Sana hayotini izdan chiqarishga harakat qilgan boʻlsa ham, qiz uni kechirar edi. Chunki, u faqat muhabbatga chanqoqligini bilardi. Onasidan ololmagan muhabbatga.

Onasiz ulgʻayish — har qanday odam hayotidagi eng ogʻir jihatlardan biridir.

Jimin xonaga kirib:
- Tayyor boʻldingmi? Jungkook seni koʻrishga oʻlib ketayapti, - deb soʻradi.

- U har doim haddan tashqari reaksiyaga kiradi, - dedi Sana koʻzlarini agʻdarib.

- Yoʻq, u har doim shahvatga toʻla… butunlay, 24/7, - dedi Jimin, va hammasi kulib yuborishdi.

Shahi stuldan turib oynaga qaradi, shu payt Deyzi yuziga pardani tortib yopdi.

Shu payt Janob Jeon va Xonim Jeon xonaga kirishdi.

- hayotim, qara qara, qizimiz qanchalik chiroyli ko‘rinayapti! Xudo seni asrasin, baby — dedi u quvonch bilan, qiz esa jilmaydi.

Janob Jeon muloyimlik bilan uni qo‘lini ushladi va uni hayratda qoldirib dedi:
- Qizim, seni kuyov oldiga kuzatishimga ijozat ber.

Shahini ko‘zlari yoshlarga to‘ldi, ammo u ularni tezda qoqib yubordi va jilmayib qo‘ydi.

Sana unga gulchambarni uzatdi. Deyzi esa yana bir kichik gulchambar olib, ortidan ergashdi.

Ular tashqariga chiqqanida, ulkan to‘y marosimi joyi gullar bilan qirollarcha bezatilganini ko‘rishdi.

Avvalgisidan farqli ravishda, bu safar juda ko‘p mehmon kelgandi. Shahini ishonchi komilki, ularning hatto 5 foizini ham tanimaydi.

- Bu, ehtimol, bir otaning eng baxtli onidir, to‘g‘rimi? — to‘satdan Janob Jeonning ovozi diqqatini tortdi.

U kulib gapira boshladi:
- Biz har doim Jungkookdan keyin bir qiz farzandimiz bo‘lishini istagandik. Ammo Jun-hee Jungkookni tug‘ganidan keyin boshqa farzand ko‘ra olmaydigan bo‘lib qolgan.

Qiz hayratdan qotib qoldi, u esa davom etdi:
- Men uni yashirincha yig‘layotganini ko‘rganman, lekin hech qachon o‘zimning ham qayg‘uda ekanimni bildirmaganman. Onang seni dunyoga keltirganini eshitganimizdan so‘ng, Jun-hee yana baxtli bo‘la boshlaganini ko‘rdim. Onang vafotidan keyin seni asrab olishga harakat qildik. Ammo Hanbinning holatini ko‘rib, seni undan tortib olishdan o‘zimizni tiyib turdik. Yana... bilasan-ku, Jungkookning bobosi haqida? U bizga bir-birimizning farzandlarimizni unashtirishni xohlagan — shunda Hanbin va men doimiy ravishda aka-uka bo‘lib qolardik, — dedi Janob Jeon yengil kulimsirab.

Shahi uning osmonga qarab turganini ko‘rdi — yuzida aynan Jungkooknikiga o‘xshagan, o‘sha shirin quyoncha tabassumi bor edi!

- Otam hozir osmondan seni kuzatayotgandir. U, ehtimol, bizga qarab jilmayib, seni va Jungkookni duo qilayotgandir, — dedi u, otalarcha bir tabassum ila.

[𝗔𝘆𝗻𝗶 𝗽𝗮𝘆𝘁𝗱𝗮]

Jungkook o‘zining go‘zal xotinini ko‘rdi, masofa asta-sekin yo‘qola boshladi, yurak urishi esa tobora kuchayib borardi.

U ko‘rgan inson faqat Shahi edi va eshitgani — yuragining baland urushi edi. Asabiylik butun vujudini qamrab oldi.

Bu ehtimol har bir kuyov his qiladigan holatdir. Endi u shunchalik bilishni istaydi — qiz ham u kabi asabiymi?

Shahi asta-sekin yurib kelar ekan uning sabrsiz yuragi qizni bag‘riga bosib, o‘pishlar bilan “hujum” qilishni istardi. U sahnaga yetib kelganida, hayotidagi sevgining kulib turganini ko‘rdi — xuddi yosh yigitdek jilmayardi.

- Ko‘zlaringni olib qo‘y, Kook, — deb pichirladi janob Jeon, so‘ngra qizni qo‘lini unga uzatdi.

Jungkook hushiga qaytdi va uning qo‘lini tutdi, so‘ng uni o‘pib, marosimlar boshlanishiga hozirlik ko‘rdi.

Shahi uzukni uning to‘rtinchi barmog‘iga taqadi, u esa qiznikiga taqadi. Qarsaklar eshitildi, ammo yuragi urishidan balandroq emas edi.

"Tabriklaymiz, kelinni o‘pishingiz mumkin"

Bu gapni eshitishi bilan, tanasi notanish bir tuyg‘u bilan taranglashdi.

Bu iborani birinchi marta eshitayotgani yo‘q, ammo baribir yuragiga tushunarsiz ta’sir ko‘rsatdi.

Shahi hayajon bilan yutindi, Jungkook esa uyatchan, biroq biroz ayyor tabassum bilan yaqinlashdi.

Ikkalasi orasidagi masofani asta-sekin yo‘q qilar ekan, u shivirladi:
- Bu safar, seni qattiq o‘paman. Uyalmaysan, to‘g‘rimi?

Qizni orqasidan sovuqlik yurib o‘tdi. Nafas olishni unutganidan yuragi urishni to‘xtatgandek bo‘ldi.

-Siz nima haqida— demoqchi bo‘lganida, u so‘zlarini tugatishga ham ulgurmay, lablarini qiznikiga bosdi.

Jungkook uni ehtiros bilan oʻpa boshladi, so‘ng boshini va belining orqasidan ushlab oldi.

Shahi ham o‘pmoqchi bo‘ldi, ammo tanasi xuddi jelega aylangandek, lablarini harakatlantira olmadi.

- Qaytib o‘p meni, Jeon Shahi. Aks holda, seni tishlab olaman,- dedi u o‘pishlar orasida kulimsirab.

Barcha kuch va jasoratini yig‘ib, nihoyat lablarini harakatlantirdi. Shunda u yengil “Oy!” deya o‘pishni to‘xtatdi.

— Kook, yaxshimisiz? — deb so‘radi qiz, tomoshabinlarni (yoki mehmonlarni) unutib, yuzini ohista silab.

Jungkook kulimsiradi, shu payt Deyzining pichirlab aytgan gapi qulog‘iga chalindi:
— u yigitning labini tishlagan , shekilli

— ,u bu darajada yovvoyi ekanini, men bilmasdim— deb Sana ham kulib yubordi.

— Sen ham yovvoyimisan? — deb so‘radi Jack Sanani tirsaklaganidan so‘ng.

Sana tishlarini g‘ijirlatdi:
— Seni shu yerning o‘zida kaltaklashimni xohlaysanmi, yoki tashqarida uchrashamizmi?

— Yo‘q, yo‘q. Hammasi joyida, — dedi Jack, xavfsiz joyga chekinarkan.


Ular Shahini Jungkookning labini tishlagani uchun masxara qilishda davom etishdi. Bir nechta mehmonlar esa g‘alati tabassum bilan qarayotganini sezib turardi. Buning bari Jeon Jungkookni “xizmati”.

— Ani… men t-tishlamadim, — deb bir necha bor takrorladi qiz, Jungkook esa bu manzaradan zavqlanib, kulib turardi.

— Demak, bizning Shahi nihoyat ulg‘ayibdi, a? — dedi Aura ovqatni chaynab turib.

— Shunday, to‘g‘ri aytdingiz, noona, — dedi Jack, yonoqlaridagi chuqurchalarni ko‘rsatib.

Ular ikkalasi ovqatni yeb bo‘lgach, Jungkook qizni to‘g‘ri tadbir burchagiga sudrab olib ketdi.

Bu burchak gul va yoritish bilan bezatilgan bogʻ kabi edi, quyosh botayotgan paytni eslatardi. Kichkina va chiroyli argʻimchoq osilgan edi. Shahi unga oʻtirgandi, Jungkook esa orqasida turib, asta surishni boshladi.

- Kook, meni uyaltirdingiz, nega? - dedi birdan, u esa argʻimchoqni to‘xtatib qoldi.

U qizni boshini tepasidan oʻpib, hazillashdi:
- Hammaga mening bebosh babyim qanday boʻlishi mumkinligini koʻrsatish kerak.

- Omadingiz bor, sizni shunchalik sevaman-ki, hattoki sizdan nafratlanolmayman ham, - dedi lablarini cho'chaytirib.

Jungkook uni oldiga kelib, xitob qildi:
- Voy, mening babyimni jahli chiqdi

Shahi boshqa tomonga o‘girildi, u esa xafa bo‘lgan kabi dedi:
- Endi nima qilay? O‘sha quyoncha oʻyinchogʻini olib beraymi?

Qiz yumshoq oʻyinchoq nomini eshitganida, hayron bo‘lib dedi:
- Siz uni menga allaqachon olib beraman degandingiz. Lekin hech qachon olmadingiz

Jungkook biroz jahl bilan qaradi va dedi:
- Agar men senga bittasini olib bersam, sen doim uni quchoqlab yotasan. Men esa sening va oʻyinchoqlaring orasida uchinchi ortiqcha odam boʻlishni yomon ko‘raman.

Bu gapni eshitib qizning koʻzlari kattalashdi va so‘radi:
- Yo‘qolgan yumshoq oʻyinchoqlarim... Ularning hammasini siz tashlab yuborgansiz, to‘g‘rimi?

Jungkook tan oldi:
- meni tutib olding! – dedi va koʻzlar bilan to‘qnash kelmaslik uchun yuzini o‘girdi.

Uning yuz ifodasi hammasini aytib turardi. Shahi ishonolmay baqirdi:
- Yah, Jeon Jungkook!

U esa oʻziga ishonch bilan javob berdi:
- Ha, Jeon Jungkookni xonimi?

Shahi xafa boʻlib lablarini burishtirib soʻradi:
- Nega? Ular juda yoqimtoy edi-ku.

U esa koʻzlarini osmonga oʻgirdi va dedi:
- Men ulardan ham yoqimtoyroqman.

Shahi unga "Rostan jiddiymisan?" degan qarash bilan , so‘radi:
- Yumshoq oʻyinchoqlarga hasad qilish nimasi? Siz besh yoshli bolamisiz?

U esa "Ha, men juda ham jiddiyman!" degan ifoda bilan javob qaytardi va:
- Senda men kabi jozibador ering bo‘la turib, yumshoq oʻyinchoqlar bilan oʻynaysanmi? Sen ikki yoshlik bolamisan? — dedi.

Bu ikki ma'noli hazilni eshitib, Shahini yonoqlari pomidor kabi qizarib ketdi. Ammo u uyatni yashirishga harakat qildi.

-Bilasizmi nima? Bugun kechasi o‘pish ham yo‘q, quchoqlashish ham yo‘q, - dedi, qo‘llarini ko‘kragida qovushtirib.

U vahimaga tushib:
- baby, b-bunday gapni q-qanday ayta olasan? — dedi.

Shahi undan yuz o‘girishda davom etdi, bu esa uni e’tiboriga yanada chanqoq qildi.

U qizning yuzini ohista ushlab:
- Qanday qilib sen oʻzining quyoshdan ham issiqroq eridan voz kechishing mumkin? — deb so‘radi.

Uzoqdan Yoongi katta mehr bilan kuzatardi. U kulib qoʻydi, Jungkookning xotinini erkalayotgani uni kuldirdi. E'tiborini tortib, Deyzini yoniga kelib turdi.

— Ular osmondagi juftlikday — deb pichirladi Yoongi, lekin Deyzi buni eshitdi.

— Seningcha biz ham shunday ajoyib juft boʻlib koʻrinamizmi? — dedi u, Deyzini hayratda qoldirib.

U oʻzini toʻpladi va javob berdi:
— Siz ozgina sovuqligingizni tashlamaguncha.

Yoongi uning koʻzlariga qarab:
— Men senga shu darajada sovuq koʻrinamanmi? — deb soʻradi.

— Balki siz faqat menga shunchalik sovuqdursiz — dedi Deyzi koʻzini olaytirib.

Deyzi ketmoqchi edi, lekin u uning bilagidan ushlab:
— Ketma. Men sen bilan gaplashmoqchiman — dedi.

- Bizda hech narsa yo‘q– deb qochishga urinayotganida, u unga kuchukcha (yoki mushukcha) koʻzlari bilan yolvordi:
— Iltimos.

Ular bo‘sh bir yo‘lakka yetib kelishdi va Yoongi tomog‘ini qirib dedi:
— Avvalo, men senga juda sovuq bo‘lganim uchun kechirim so‘ramoqchiman.

Deyzi unga chin dildan gapirayotganini yoki es-hushini yo‘qotganini aniqlash uchun qaradi.

Yoongi uning koʻzlariga tik boqib dedi:
— Ikkinchidan, men sening his-tuygʻularingni e'tiborsiz qoldirganim uchun uzr soʻrayman.

Deyzi eshitgan uning gapidan shunchalik hayratda ediki, javob qaytara olmadi.
— Uchinchidan, men hammasini boshidan boshlamoqchiman, — dedi Yoongi.

U yana bir qadam oldinga yurdi, bu Deyzining orqasini devorga urilishiga sabab bo‘ldi. Endi Deyzi Yoongining haqiqatan ham unga yaqinlashayotganini anglab yetdi.

Deyzi ongi bilan bu lahzadan zavqlanar edi, ammo uning ongsiz qismi qochishga tayyor edi.

Yoongi uning hayratini yanada oshirib, dedi:
— Deyzi, sen mening ikkinchi yarmim boʻl, mening rafiqam boʻl.

Xo‘sh, uning ovozi ko‘proq talab qilayotgandek eshitilardi.

U bir necha marta ko‘zini pirpiratdi va dedi:
— Bilaman, bu kutilmagan, lekin men seni xuddi Jungkookning yonida rafiqasi bo‘lgani kabi istayman.

Deyzi kulmoqchi edi, lekin u yana gapira boshladi:
— Birdan har bir juftlikka hasad qila boshladim... Sen menga ilk bor sevgingni izhor qilganingda 17 yoshda eding, men sening muhabbatingni qabul qilganimni istardim. Sen shunchalik beg‘ubor edingki, men hayotingni buzishni istamadim... O‘ylagandimki, men sen kabi qiz uchun mos emasman. Lekin chin dildan, juda ham ko‘p rad etishlarimni qaytarib olmoqchi edim, — dedi u yana.

— Endi his-tuyg‘ularingizga ishonchingiz komilmi? — deb so‘radi Deyzi

Yoongi jilmaydi va bosh irg‘ab dedi:
— Deyzi, men bu borada jiddiyman.

Deyz endi bir soniyani ham yo‘qotmadi. U darhol Yoongining yoqasidan tutdi va lablarini uning lablariga bosdi, Yoongi esa boshqaruvni unga topshirdi.

[𝗦𝗛𝗨 𝗣𝗔𝗬𝗧𝗗𝗔]

- Voy, men rostdan ham ovqat uchun yashayman. Har qanday tadbirning eng yaxshi qismi – bu ovqat, - dedi Hoseok ovqatni chaynab.

- Yah! Sekinroq yegin, tiqilib qolasan-ku, - deb baqirdi Jin unga.

- Ani, bu mazali ovqatdan tiqilib o‘lsam ham, afsuslanmayman, - dedi Hoseok spr!te ichib bo‘lgach.

Taehyung qizil vinoni yutib, shunday dedi:
- Hatto Hoseok hyung ham o‘zining spr!tesiga ega. Nega men hali ham yolg‘izman?

- Bugun qancha go‘zal kelganini bilasanmi? Shunchaki birini tanla, - maslahat berdi Namjoon.

Taehyung boshini chayqab, gapirdi:
- Yo‘q, men yuragimda doim bir billboard qo‘yganman. Bu – 'Plastiklardan ehtiyot bo‘l'. Shuning uchun qimmat kiyimdagi hech kim mening e’tiborimni jalb qila olmaydi.

- Voy, bu qoyilmaqom. Lekin ba’zida plastik ham o‘zgacha bo‘lishi mumkin – agar u butunlay yashil bo‘lsa va ichida pok narsa bo‘lsa, - deb qo‘shimcha qildi Hoseok.

Namjoon ovqatdan bo‘g‘ilib qoldi va Jin kulib dedi:
- U yana spr!te haqida gapiryapti. Lekin nima uchun bu juda g‘alati va jirkanchdek tuyulyapti?

- To‘xta, to‘xta. Burchakda o‘tirgan qiz kim? Bir oy och qolganidek ovqat yeyayapti-ku? - dedi Hoseok va hammaning e’tiborini tortdi.

- Uni tanimaysanmi? - deb so‘radi Jin.

Boshqalar boshlarini chayqashdi, Jin esa o‘ziga xos kulgu bilan:
- Men ham tanimayman, — deb qo‘shib qo‘ydi.

- U bizning muallif-nimimiz, — tushuntirdi Namjoon.

- Ya’ni, u Swaegmi? - deb so‘radi Hoseok.

Ularning hammasi Taehyung qanchalik oshiq bo‘lganini ko‘rib turishardi. U o‘sha qizdan ko‘zini uzolmasdi.

- Ha. Aftidan, u uning e’tiborini tortganga o‘xshaydi, - deb hazil qildi Namjoon.

Taehyung e’tibor bermadi va so‘radi:
- U nima uchun bunchalik yolg‘iz ko‘rinadi?

- Menimcha, u haqiqiy hayotda introvert, garchi fanfik ichida ekstrovert kabi harakat qilsa ham - dedi Hoseok.

- Men chiroyli yuzimni garovga qo‘yaman, Taehyungning yuragi shunaqangi tez uryapti, — dedi Jin uni masxara qilib.

- Garovga hojat yo‘q, yuragi qanday urayotganini ochiq eshityapmiz, — dedi Hoseok hazil qilib.

Taehyung hech vaqtni yo‘qotmay, introvert muallif yoniga bordi.

- Salom, men Taehyungman, — deb o‘zini tanishtirdi.

Qiz juda hayratda qoldi va gapira olmadi. Uning yuragi Olimpiya o‘yinlaridagi sportchilarnikidan ham tez urardi.

- Shunaqa yoqimtoy qiz qanday qilib soqov bo‘lishi mumkin? — deb pichirladi Taehyung o‘ziga.

- Kechirasiz, siz soqovmisiz? — deb so‘radi u va qiz boshini qat'iylik bilan chayqadi.

Taehyung yengil nafas olib:
- Xudoga shukur. Raqamingizni olsam bo‘ladimi? — deb so‘radi.

Ko‘zlari kattalashib ketdi, bu esa uni sarosimaga solib qo‘ydi. Shunda u so‘radi:

— Siz travma olganmisiz? Biror narsa ko‘rdingizmi? Men politsiyachiman, sizga yordam beraman. Siz xavfsizsiz.

— Meni sizning chiroyingizdan kim qutqaradi? — qiz xirgoyi qildi.

— Kechirasiz, eshitmadim, — dedi u, qiz esa sekin pichirlab:

— Xudoga shukur.

— Nima? — deb so‘radi u, va birinchi marta qiz aniq gapirdi:

— Hech narsa... Salom, men Sara. Taxallusim — Swaeg. Xohlasangiz ikkalasidan birini ayting, — dedi u yorqin tabassum bilan.

Barcha jur'atini to‘plab, Taehyung tomog‘ini tozalab dedi:

— Sizga shunchaki “meniki” deb murojaat qilsam bo‘ladimi? Men rostdan ham hayol surmayapman, to‘g‘rimi?


[𝗩𝗮𝗾𝘁 𝗼‘𝘁𝗮𝗱𝗶]

— Men sizning niyatingizni bilaman. Ha, aynan niyatingizni. Shuning uchun yaqinlashmang! — deb baqirdi Shahi ikkilanmasdan, chunki bezatilgan yotoqxonaga eri endigina kirib kelgan edi.

Jungkook bir necha marta qovoqlarini pirpiratib dedi:

— Men shunchaki eshikni yopdim, oddiy tarzda.

— Oddiymi? Siz buni “oddiy” deysizmi? — deb so‘radi qiz va u boshini kuchli-qattiq qimirlatib tasdiqladi.

— Ishonchim komilki, qo‘shnimiz hozir biz karavotni sindirdik, deb o‘yladi, — dedi, u esa kulgidan to‘xtay olmadi.

— Qo‘limdan kelmaydi, baby, bu mening odatim, — dedi Jungkook kulgisi orasida.

U kulishni to‘xtatdi, xonani sukunat qoplab oldi.

— .....

— Gapirmang! — deb vahima bilan baqirdi qiz.

— Men hech nima demadim-ku, — dedi u hayrat bilan.

— Qanday gapirmoqchi ekaningizni bilaman, — dedi u ko‘zlariga qaramasdan.

Jungkook qizga yaqinlashdi va yuzini ohista ushlab, ko‘zlariga qarashga majbur qildi.

— Bu hazilmi? Xuddi yangi turmush qurganlarga o‘xshab o‘zingni tutyapsan, go‘yo seni majburan uylab olgandayman, — dedi u kulib, Shahini arazlashga majbur qilib.

U belini ohista quchoqlab, qizni ushlab turdi va dedi:

— Bilaman, mening babyim jahli chiqqan. Uni yana qanday kuldirishni bilaman

Shahi hali reaksiyaga ulgurmasdan, u qizni to‘shakka yotqizib, qitiqlashga tushdi.

— Kook, Aahaahaah... Qitiqlayapsiz, Aaaa... ahahaha!

— Aaa... To‘xtang! Haha... Menga tegmang, — dedi kulgidan zo‘rg‘a.

— Yaxshi. Qancha vaqtgacha menga yo‘q deyishni davom ettirishingni ko‘raman, — dedi u ishonchli ohangda, Shahi esa qitiqlashdan yoshlangan ko‘zlarini artardi.

Ogohlantirmasdan eri kiyimlarini yecha boshladi, bu esa uni sarosimaga soldi.

— N-nima qilyapsiz? — deb so‘radi qiz

— Ishonch hosil qilayapman. Chunki menga birinchi bo‘lib sen tegding, — dedi u jiddiy ohangda

U tanasidagi har bir kiyimni yechishni boshladi, qiz esa baqirib dedi:
- Bu... Bu adolatdan emas!

- Yangi uylangan va sevgiga to‘la bo‘lgan bir erkakdan xotinini ushlashni taqiqlash adolatli deb o‘ylaysanmi? — dedi u labini chapillatib.

Qanday qilib u bunday gaplarni aytib, go‘yo chaqaloqdek yuz qilishi mumkin?

- Ha, — dedi qiz ikkilanib.

- Bu ham adolat emas. Mening savolim uzun edi, sening javobing esa juda qisqa... argh, — dedi u qasddan nochor ko‘rinib, Shahini kuldirib yubordi. U oh tortdi va bu safar qizni yuragi uning dag‘al tovushini eshitib urib ketdi,
- Argh! Endi sen chindan sabrimni sinayapsan, Shahi.

U qulog‘idan o‘pib, pichirladi:
- Men senga ochman

- Bizda ovqa—deyishga urindi Shahi yumshoq ohangda.

U kulib qo‘ydi va shunday dedi:
- Xudo haqqi! Men haqiqiy ovqat haqida gapirmayapman.

Birdan yuzini Shahiga yaqinlashtirib, shivirladi:
- Bilasanmi nima? Baribir seni 'yeb qo‘yaman'.

- AAaa, Kook... — deya ingradi qiz, u esa Shahini bo‘yni va yelkasi atrofini so‘ra boshladi. Va bir lahzaga to‘xtab qulog‘iga shivirladi:
- Bu sen uchun Daddydan , Baby Wife

#translated_by_parkselen
@shiny_fanfic