JORIYA
Shahzodaning jimligi qirolning g'azabini yana ham battar qo'zitardi. U taxtdan turib o'g'li tomonga qarab yura boshladi.
- Bu qilgan gunohingni badali og'ir bo'ladi bilasanmi
- ota , iltimos meni ham tushuning
- MENI ORTIMDAN YUZSIZLARCHA PICHOQ URDING! QARORLARIMGA BEPISANDLIK BILAN QARASHGA HAQQING YO'Q EDI. SENI...
Qirolning so'zlari to'xtab qolganidan keyin shahzoda unga boshini ko'tarib qaradi. To'satdan otasi yuragini changallab nafasi olishga qiynalgancha yerga yiqildi. Favqulodda yurak hurujini o'tkazgan hukmdor Jungkookni yetarlicha qo'rqitdi.
- hazrati oliylari. A'lo hazratlari sizga nima bo'ldi?
Uning yonida tiz choʻkib turg'izishga uringan shahzoda bor ovozda yordam so'ragancha baqirdi.
-TABIBNI CHAQIRING! KIM BOR , YORDAM BERINGLAR
U qirolning og'ir tanasini ko'tarib polga qulay yotqizgunga qadar shahzodaning ovozini eshitgan og'alar ichkariga yugurib chiqishdi.
- Saroy tabibiga xabar qiling! Zudlik bilan yetib kelsin!
Oradan 3 soat o'tsa ham ichkariga kirgan tabib va hamshiralardan darak bo'lmasdi. 2 qirolicha va ularning shahzodalari yonma-yon turarkan bir-birlariga ko'zlari orqali olovli o'qlar otishardi. Bu narsa Jungkookning parvoyiga ham kelmas uni ayni damda otasining ahvoli qiziqtirardi. Aybdorlik yuki o'ta og'ir. Qirol u bilan tortishish mahalida shu holga tushdi. Shusiz ham yuragi tez-tez bezovta qilib turar edi. Bu siqilish , urush alami dard ustiga chipqon bo'ldi. Hyunjin bilan nigohlari yuzlashgan Jungkook unda qandaydir shavqatsiz xunrezlikni ko'rdi. Ikki aka-ukaning bu ko'z janglari uzoqqa cho'zilmay ichkaridan saroyning bosh tabibi chiqib keldi. Tabib yerga bosh eggancha hammani ko'ngliga tahlika solib qo'yib qo'ydi.
- hazrati oliyalari , shahzodalarim , biz a'lo hazratlarini saqlab qolish uchun juda ko'p harakat qildik. Afsuski yurak allaqachon ishdan chiqib bo'lgan ekan. Xuruj birdan boshlanib yurakka yetib boruvchi qon tomirlarini yopib qo'ygan. Buni natijasida yurak ishlashdan to'xtadi
Hyunjinning tomog'idagi nafasi bo'g'ilib og'ir yutungancha savol berdi.
- otamni qutqara olmadingizmi?
Tabib buni ochiq aytishga jur'ati yetmay ko'zlaridagi yosh tomchilarini qattiq siqib chiqardi.
Ikki qirolicha ham devorga qattiq tayangancha ovozlari qattiq bo'g'ilib yig'lab yuborishdi. Jungkook quloqlariga ishonmay turgan joyida qotib qolarkan Hyunjin ko'z yoshlarini to'xtatishga ojizlik qilib eshik yonida turgan tabibni chetka itargancha ichkariga otilib kirdi. Jungkook ham bir onda o'zini qo'lga olib uning ortidan kirdi-yu to'shakda jonsiz yotgan otasini ko'rib hissiyotlarini jilovlay olmadi. Urush safari oldidan qirolni yo'qotish Choson qirolligi uchun juda qiyin va og'ir zarba bo'ldi. Jungkook tirab yurgancha otasining muzlab borayotgan tanasini quchib yig'layotgan Hyunjinning qarshisida tiz cho'kdi. Ustida bosilgan o'sha yuk va gunohlarning barchasi bo'yniga olib qirolning jonsiz qo'lini olib unga lablarini bosgancha yig'isini tashqariga chiqardi.
Barcha shahzodalar saroy ayonlari-yu sakardalar bilan birgalikda Sin imperiyasidan 2 kun avval yo'lga chiqqan qo'shinni kutib olish uchun yig'ilgan edilar. Qirolning vafotidan so'ng 1 hafta o'tib o'rtancha shahzoda Jisung ham ularning safiga qo'shilgan va askarlar safi ham ancha kengayib qolgandi. Bosh vazir janoblar saroydan 15 km narida joylashgan tog' tizmalarida chodirlar tikishni maslahat berdi. Bu taklif hammaga birdek ma'qul bo'ldi biroq qirolning vafotidan so'ng taxtni egallab hukmdor darajasiga ko'tarilgan Jungkook jim turardi. Barcha yangi va yosh qirolning og'ziga termularkan Hyunjin ham unga ko'z ostida qarab turardi. Bu safar akasi uchun qazigan choqqa uning o'zi yiqildi. Haqiqatning oshkori otasining o'limini yuzaga keltirishini u yetti uxlab tushida ham ko'rmagandi.
Onasi ham uning o'ylamay netmay qilgan ishi uchun ancha koyidi lekin endi befoyda edi. Jungkookka toj kiydirilgan kun ular uchun motam kuni bo'ldi. Jungkook esa otasining o'limida haligacha o'zini ayblab kelmoqda. Bu taxt-u qirollikka o'zini munosib bilmaydi. Shunday paytlarda unga volidasi dalda bo'lib endi hukmdor ekanini , kuchli bo'lib davlat boshqarishini uqtiradi. Tushkunlikdaligida esa Seo unga yelka tutadi. 2 oy avval Jungkook Seo bilan nikohdan o'tishini e'lon qiladi va u bilan rasman er-xotin bo'ldi. Bu hodisani saroy ahli yaxshi qabul qilmadi albatta. Barcha urush asl sababchisi sifatida Seoni ayblashdi. Lekin Jungkook bu mayda-chuyda gaplarga ahamiyat qilmadi.
- a'lo hazratlari eshityapsizmi?
Jungkook birdan o'ziga qaytib muzokaraga kirishgan holda o'rtadagi ulkan xaritaga yaqinroq surildi. Eng moxir rassomlar tomonidan chizilgan Chosonning ichki va tashqi tomonini o'z ichiga oluvchi xaritani ko'zdan kechirishga kirishdi.
- tog' tizmalarida chodirlarni tikishga nima deysiz
- bo'lmaydi , bu yerlarda shamol g'arb tomondan sharqqa qarab kuchli esa. Qo'shin shamolga qarshi chiqsinmi yoki dushman bilan jang qilsinmi?
- unda mana bu tomonlarda ulkan g'orlar bor
- Qirollikning sharqiy qismi tinch joy. Keyin Sin qo'shini bizni u yerda paydo bo'lishimizni bilmaydi. Yarmimiz sharq tomondan yarmimiz g'arbiy tomondan joylashamiz
Bu maslahat qo'shin sarkardalariga birdek yoqib yosh hukmdorning so'zlarini ma'qullashdi.
- ha , ikki tomondan hujmga o'tsak ular o'rtada to'planib uyasi buzilgan aridek shoshib qolishadi
Bunga shahzoda Jisung qo'shimcha kiritib o'tdi.
- keyin esa biz janubdan qo'shinning navbatdagi qismini jo'natamiz. Kuchga to'lgan askarlar tanaga qo'shilgan yangi qon misol o'zlarini namoyish qilishadi
- yetarli. Ertadan yo'lga chiqamiz. Og'zingizga mahkam bo'ling bu reja bu davradan tashqariga chiqmasin
- ho'p bo'ladi qirol hazratlari
Hammaga ketishga ruhsat berilgach Jungkook Hyunjinni joyida to'xtatdi.
- Hyunjin sen qol. Gaplashib olishimiz kerak
Akasining buyrug'i tabiiyki Hyunjinga yoqmadi. Ammo u amalda qirol bo'lgani bois gapini yerda qoldirmay orqasiga qaytdi. Uning qarshisiga omonat o'tirdi-yu bir nima deyishini kutdi. Jungkook ham uni uzoq kuttirmadi.
- hayolingdan nimalar o'tayotganini bilaman
- nima deyotganingizni tushunmayapman
- tushunib turibsan. Menga bo'lgan nafrating ukalik mehringdan ustun ekanini bilaman. Bu adovat ancha yillardan buyon senda bo'lgan. Bu otamizning o'limidan so'ng yana ham kuchaydi
- Hyunjin! Men akangman , menga uzoqdan vaqtdan beri kek saqlab yursang ham sendan yuz o'gira olmayman. Aka sifatida sendan iltimos qilaman. Urush ostonasidamiz. Bu nafratni biroz muddatga unutib tur
Hyunjinning yuzidagi qandaydir soxtalikni yashiruvchi tabassum paydo bo'ldi. Akasining so'zlarini maqullagandek boshini irg'adi. Jungkook ham bir muddat ukasining samimiy ekaniga ishonib unga javoban kiprik qoqdi.