March 4

Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi 

Joriy yilning 4-mart kuni Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023-yil 11-martdagi “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-son buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son Qarorining mazmun mohiyati bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i F.Jumanov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023-yil 11-martdagi “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-son buyrug‘i yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori mazmun-mohiyatini bo‘yicha tuman bo‘limi xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-81-son Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan ham ma’lumotlar berib o‘tildi. Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, bir qator vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ISO 37001:2016 xalqaro standartiga asosan korrupsiyaga qarshi menejment tizimi joriy etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimi va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha boshqa xalqaro standartlarning samarali joriy etilganligi hamda amaliyotga tatbiq qilinganligi reyting baholashning obyekti hisoblanib, reyting baholash alohida indikatorlardan tashkil topgan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi ta’kidlandi.