Joriy yilning 4-mart kuni Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023-yil 11-martdagi “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-son buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son Qarorining mazmun mohiyati bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish hamda umumiy o‘rta ta‘lim maktablarda ichki-tartib va odob- ahloq qoidalariga rioya etishini nazorat qilish va rivojlantirish maqsadida xaftaning har dushanba kuni “Tongi saflanish” tadbirlarlari doimiy ravishda tashkil etilib kelinmoqda.