May 21

REVIT OFLAYN IX

Revitda 100m2 interyerni 1 kunda mutlaq 0 dan "topshirishga tayyor" holatda loyihalash.
*Avval umuman Revitga kirmagan bo'lsangiz ham.

Revitda ishlab, boyib ketish haqida va'da yo'q, sezdingiz-a?

(Revit - bu instrument, kasb emas. Instrumentlar vaqt o'tib o'zgaradi.)

Sizga bu darajaga qanday chiqishni o‘rgatishimdan oldin, qadamlar ketma-ketligi yoritib berilgan, maqolamni to‘liq o‘rganishga tayyorlanib olishingizni so‘rayman.

Bir qarashda bir bog' matn to'plamiga o'xshashi mumkin, lekin ishoning, nima haqida gapirayotganimni aniq bilaman.

Revit kurslari bozorda ko'payishiga qaramay, hamma ham sizga bosib o'tgan yo'li haqida aytmaydi.

Sababi, "biz"ga ko'rsatilayotgan kurslaning ko'pi - sotuv uchun. Talabaga asosiy qadr-qiymatni bermaydi.

Bu maqoladan maqsad, sizga foyda berish, ish jarayonida bir necha kunlik umringizni tejashni o'rgatish.

Berilgan tavsiyalarga amal qilsangiz, ishingizda unumdorlikni sezasiz.

Shunchaki foydali ma'lumot olib chiqib ketamanmi deb o'ylashingiz mumkin, evaziga sizning ishonchingizni qozonmoqchiman.

Bu maqolani bu yerda ko'p turmasa kerak, raqobatdan qo'rqqanim uchun emas, balki qadr = vaqtda bo'lgani uchun.

Beriladigan ma'lumot diqqat va vaqt talab qilgani uchun uni video yoki post shaklida qilmadim.

Nega men Revitda ishlashni o‘rgatyapman?


2022-yil noyabr

Micasada ishlayatganimga endi 3-4 oy bo'lgan, bizni katta loyihalar kutyabdi, autocadda ishimiz bitmaydi deb "Revit"ga o'tish talabi qo'yildi.

O'zim kurs sotib oldim, o'rgandim, yarimiga kelganda amaliy ish boshlandi. Jamoadoshlarimga bilganlarimni o'rgatdim.

Natija: Revitda hali yangimiz. Bir oyda bir kishi o'rtacha 100-150m2 interyer loyihasi bajarar edi.

2023-yil fevral.

Micasada chizmachilardan katta yetishmovchilik bo‘lgani sababli, YouTube’da bepul REVIT STRIM darslarini boshladim.

Hech qanday rejasiz.

Erta tongda jonli strimda ba'zida 3ta, ba'zida umuman hechkim ko'rmagan paytda ham, dars o'taverganman.

Natija: Kurs bitiruvchilaridan jamoaga yangi xodimlar oldik. Ma'lum darajada Chizmachi shu darslar orqali tanildi.

2023-yil sentyabr

Strim darslari bitiruvchilari talablariga binoan REVIT INTERYER PRO kursi yozilda va dekabr oyida sotuvga chiqarildi.

120 kv.m.lik murakkab neoklassika uslubida loyihalangan, 3 oylik chuqurlashtirilgan videokurs.

Natija: 3 yilda umumiy 60 ga yaqin bitiruvchilar. 200 yo 300 emas. 60taga yaqin.

Hozir bu kurs ham to'liq Youtubega joylangan va uni o'rganish uchun 230 dan ortiq chizmachilar qo'shilgan.


2024-yil mart

Turin Politexnika universiteti Raqamli Arxitektura bo'yicha ustoz va obunachilarimdan tashkil topgan guruh tashabbusi bilan birinchi oflayn guruh start oldi.

Natija: Shu kunga qadar 10ta oflayn guruhni o'qitdik.


Umumiy hisobda Youtube, onlayn, oflayndagi o'quvchilar soni 400dan oshmoqda.

Katta haqiqat: hamma darsni boshlagnlar ham to'liq bitira olmaydilar.

Hammasi silliqdekmi? Albatta, yo'q. Hammasi zo'r bo'lishi uchun, shu 3-4 yillik ish va ta'lim berishdagi muammolar aytmasam bo'lmaydi.

Aynan shular orqali meni hozirgi ish uslubim va tajribam to'planganman.

Bu xatolarni yechimi - qadamma-qadam ishimizni optimallashtiradi.

Eslatma: Tavsiyalar - faqat 0 dan boshlayatganlar uchun emas, allaqachon revit o'rganishni boshlab, yoki ishchi chizmani avvaldan qilib, revitga o'tayotganlar ham uchun.

Buyog'i faqat aniq faktlar.

Revitda butun modelni 3-boshlik ajdarho deb olamiz.

1. Chizmachiliksiz Chizmachilik

Agar siz faqat darslik ko'rib birdan ishlab ketaman desangiz adashasiz.

Revit sizga chizmalarni avtomatlashtiradi, lekin "chizmachilik"ni tushuntirmaydi, quyidagilar bilan grafikaga bog'liq muammolar uchrashi aniq:

  • masshtab
  • o'lcham
  • tarx va tarz
  • qirqim
  • 3d ko'rinishlar
  • tutashma
  • izometriya

Ha, bular Revitda avtomatik ishlaydi, lekin to'g'ri modellansa.

Ishoning, bu narslarni yaxshi tushunishingiz, revitda modeling paytida muvaffaqiyatingizni uchdan biri bo'ladi.

2 . 3ds maxda boshlang'ich darajada modeling

Chizma Revitda qilinadimi yoki 3ds maksdami deb hayron qolmang.

Ha, renderni o'ziga qarab chizmani boplaydigan "mohir qo'llar" yo'q emas.

Lekin, bunga tajriba kerak, aaaaaaancha tajriba. Yoki eblamachilik.

Chizmalar dizayn asosida qilingandan keyin, loyiha 3d modeli bilan ishlashga majburmiz.

Undan tashqari, 3ds maxda quyidagi funksiyalar bilan ishlashni mukammal bilsangiz:

  • modellarni import va eksport qilish
  • editable poly, mesh, pro optimizer
  • modellarni tahrirlash (move, rotate, f12 va hkz)
  • group/ungroup
  • umumiy navigatsiya komandalari

Revitda ajdarhosiga yana bitta bosh qo'shadi.

3. Uchinchi bosh - Revitda.

Ha, loyiha murakkabligi, muddatiga qarab modeling turini tanlash va modellash - piramidaning so'nggi toshi.

Oson yo'li - Modelni kontekst (model-in-place) orqali yasash:

  • o'lcham yo'q (parametr yo'q)
  • quloqchalari halaqit beradi
  • ma'lum yuzaga birikkan bo'lsa, o'chib ketish ehtimoli bor, masalan devor yoki pol surilsa

nega?

Chunki, Revitni o'ng pastgi burchakdagi xabarni ko'pchilik o'qimasdan "ДА" ni bosib yuboradi.

Murakkab yo'li - parametrlar asosida boshqariladigan model (семейство)

Bu to'g'ri yo'lmi?

Ha va Yo'q.

Ha: Aslida har bir model alohida yasalsa, ular bilan ishlash, rasmiylashtirish, navigatsiyalash oson.

Yo'q: Yakundagi natjiga oson yo'l bilan borsangiz, natijada (спецификация, оформление) muammo bo'lmasa, oson yo'l ham to'g'ri yo'l.

Yana bir usul bor, joyi kelganda - universal modellarni ishlatish.

Ularni o'zingiz yasagan, yoki sotib olgan bo'lishingiz mumkin. Masalan, invisible eshiklar, yoki spotlar, elektrika va hkz.

Ajdarhomiz uchboshlik bo'ldi.

Lekin, bu hammasi emas - tanganing bir pallasi modeling, ikkinchisi ...

4. Rasmiylashtirish (Оформление)

Bu yerda 3ta emas, bitta yaxshi bosh bilan ish ko'rish kerak.

AutoCadda ishlagan vaqtimiz, modeling yo'qligi sababli, umumiy chizishga - 70%, razmerlashga - 30% vaqt ketardi.

Revitda esa bu 50% ga 50%.

Nega?

Chunki Revit (BIM) - informatsion modellashga asoslangani uchun, beriladigan ma'lumot karra ko'p.

AutoCADda bu narsa qo'shimcha plagin, dinamik bloklar, multi-sathli tarx chizmalari bilan amalga oshirilgan.

Hatto Layout ishlatish bilmaydiganlar ko'p. Siz Layout ishlatasizmi?

AutoCADda ishlab bularni bilsangiz, ancha vaqt tejabsiz.

Revitda qaytamiz.

Rasmiylashtirishni tez va oson bitirish:

  • Bir va ikki yoki undan ortiq qavatlarga mo'ljallangan alohida shablon.
  • Obmer paytida birdaniga 0 nuqta atrofida, qog'zoga to'g'ri joylashadigan qilib chizish.
  • Bayonnomalar (спецификация) lardagi filtr qoidalari o'zgarmasligi.
  • Keragidan ortiq hotkeylarni ishlatmaslik.
  • Snap (привязка) ga e'tibor berib o'lchamlarni joylash.
  • Modeling bilan parallel rasmiylashtirmaslik.
  • Plaginlar (og'riqli mavzu)

Bu tavsiyalarni ishingizda qo'llab, bir necha barobar tezligingizni oshirasiz, bu aniq.

Sifat = takrorlanmas xatolar va tajriba bilan birga keladi.

Sabr bilan maqolani shu yergacha o'qib kelganingiz uchun tashakkur.

100 metr kvadrat loyihani 1 kunda Revitda loyihalash shumi?

Endi eng asosiysi.

Tanganing ikki tomoni va bir chekkasi bor ...

5. Jamoaviy ishlash (worksharing)

E ha, ko'pchilik tezroq bitirishi yosh bolaga ham tushunarliku.

Shoshmang.

Bu yerdagi oltin qoida: loyihada keradigan kam va keragidan ko'p odam ishni sekinlashtiradi.

Sizga maqtangan bank interyer chizmalarani 5 kishi jamoaviy boshlaganmiz.

11.000 kvadrat metr interyer, tasavvur qila olasizmi?

Oyiga bir o'zingiz 400 kv.m qilsangiz ham, bu 27 oy.

3 kishi bo'lib bitirganmiz.

Sababi, qolgan 1 kishini xatolarini to'g'irlashga vaqt ketgan.

Yana bir kishi o'ta sekin ishlagan.

Loyihada esa hammasi bir biriga bog'liq. Masalan, siz qavatingizda pol qoplamalarini qo'yib bo'ldiz, sherigiz hali 2ta xonani ham bitirmagan.

Bir qavatda 14-22gacha xona edi.

Pol planini bezatish, spetsifikatsiya, mebel joylash - barchasi ortga suriladi.

Jamoa = ko'pchilik emas, bir yoqadan bosh chiqarib ishlash.

Bir xil usulda modellash.

Bir xil usulda rasmiylashtirish.

Va albatta bir biriga yordam berish.

Bu ideal ish tizimi.

Agar yonayotgan sro'k bo'lmasa.

KURSGA O'TISH