Telegram botlar: yaratish, boshqarish, sozlash
Postni yozib bo'lgandan keyingi taassurot: Umid qilamanki boshqa bunaqa katta post yaratishga to'g'ri kelmaydi. (c) @upskillz
Maqolani kerakli bo'limiga o'tish uchun tezkor havolalar:
- Bot nima uchun kerak
- Eng avvalo bot yarating. Qo'llanma va misollar
- ControllerBot - post yaratish, layk va dizlayk imkoni, comments, post ostida rasm/gif/video
- Livegram. Obunachilar bilan anonim aloqa
Bot nima uchun kerak
Kanalga bot orqali yozgandan ko’ra to’g’ri yozvorgan yaxshi emasmi deysizmi? Ha, bu qulay bo’lishi mumkin lekin 48 soat o’tgach siz ularni tahrirlab bo’lmaydi. Qolaversa bot orqali postlarga reaksiyalar(like, dislike, xa-xa), knopkalar, izoh qoldirish knopkalarini qo’ysa bo’ladi. Botlarni yana bir yaxshi tarafi obunachilar bilan anonim aloqa. Ya’ni agar akkauntingizni boshqalar bilishini istamasangiz va shaxsiy xabarlardan notification bezovta qilishini xohlamasangiz — bot yordam beradi.
Xullas, gapning qisqasi, bu maqolada ikki botni ko’rib chiqamiz: @ControllerBot va @LivegramBot. Controller — post yaratish, layk/dizlayk, post ostiga rasm/gif/video qo’yish, izohlar qolidirish imkoniyati, 48 soat o’tsada postlarni tahrirlash
Livegram(layvgram) — obunachilar bilan anonim aloqa uchun va obunachilarga xabar tarqatish uchun(рассылка)
Eng avvalo bot yarating
Controller uchun ham, Livegram uchun ham asos kerak. Bu ikkalasini va, qolaversa, barcha botlarning asosi — bu @BotFather. Avval @BotFather orqali bot yarating:
- @BotFather botiga kiring: https://t.me/botfather
- /start komandasini yuboring
- /newbot komandasini yuboring
- «Alright, a new bot. How are we going to call it? Please choose a name for your bot». Botni ismini tanlang. U mana bu yerda ko’rinadi:
Namuna uchun men botni ismini «Botning ismi» deb qo’yaman.
5. «Good. Now let's choose a username for your bot. It must end in `bot`. Like this, for example: TetrisBot or tetris_bot». Endi botning username-manzilini kiritish kerak. U mana bunaqa ko’rinishda bo’ladi:
Manzil «bot» iborasi bilan tugashi shart, bu qonuniyat. Men «botningmanzilibot» deb qo’ydim namuna uchun. Keyin hammasi to’g’ri bo’lsa shunaqa xabar chiqadi:
Endi uni tahrirlab unga avatar va tavsif qo’yamiz. Avatar bu "profil rasmi". Tavsif mana bular:
BotFather-ga kiring. /mybots komandasini yuboring. Sozlash kerak bo’lgan botni tanlang. Keyin "Edit bot" knopkasini tanlang.
• "Edit name" - ismini o'zgartirish
• "Edit Description" - "What can do this bot?" degan joyda ko'rsatiladi
• "Edit About" - botning profilidagi tavsifi
• "Edit Botpic" - botga avatar qo'yish
Botni o'chirib tashlash uchun:
API Token — botni unikal manzili. Uni hech kimga bermang. U keyinchalik Controller va Livegramga ulash uchun kerak.
ControllerBot va uni sozlash
ControllerBot — post yaratish uchun mo’ljallangan bot. U orqali kanalga post yuklash, reaksiya knopkalar qo’yish, post ostida gif/rasm/video qo’yish, izoh qoldirish imkoniyatini yoqish imkoniyatini beradi.
Diqqat! Controller va Livegram uchun alohida bot kerak. Va boshqalar uchun ham alohida bot yaratish kerak. Bo'lmasa bot umuman ishlamay qoladi.
- @ControllerBot ga kiring va /start komandasini yuboring
- Keyin /addchannel komandasi
- Shundan so’ng sizdan API kod so’raydi(agar avval controller bilan ishlamagan bo'lsangiz).
- Yaratgan botni o'z kanalizga administrator sifatida qo'shing va unga faqat "Публикация" huquqini bersangiz yetarli
5. Endi Controllerga o'z kanalingizni username-manzilini yuboring.
E’tibor bering! Postlar siz yaratgan bot orqali tayyorlanadi. Controllerga kirish shart emas endi post yaratish uchun
Post yaratish haqida qisqacha:
Yaratgan botga kiring. /start komandasi. So'ngra "Создать пост". Agar bu botga bittadan ortiq kanal qo'shilgan bo'lsa kerakli kanalni tanlang.
• "Прикрепить медиафайл" - post ostiga gif/rasm/video qo’yish. Mana bunaqa qilib:
• "Добавить комментарии" - obunachilar fikr almashishi uchun izohlar qoldirish uchun funksiya
• "Добавить реакции" - smayllar yordamida fikr bildirish uchun. Masalan, like/dislike
• "Добавить URL-кнопки" - knopka(tugma) qo'yish. Masalan, "Kanalga obunga bo'ling - t.me/upskillz"
Post tayyor bo'lgach "Далее" tugmasini bosing
So'ng sizga qo'yidagi menyu taqdim etiladi:
• "Задать таймер для удаления" - belgilangan vaqt ichida postni avtomatik o'chirib tashlash
• "Отложить" - belgilangan vaqtda chop etish
Livegram va obunachilar bilan anonim aloqa
Diqqat! Controller va Livegram uchun alohida bot kerak. Va boshqalar uchun ham alohida bot yaratish kerak. Bo'lmasa bot umuman ishlamay qoladi.
3. @BotFather da alohida bot yarating, API-kodni @Livegrambot ga yuboring
4. /mybots - shaxsiy botlar ro'yhati. Shu menyuga kirib, kerakli botni tanlab sozlash mumkin.
Xabarlarga javob berish uchun Reply ishlating. Ya'ni bunaqa qilib:
Agar kimdir sizga yozaverib asabga tegsa va u odam sizga yozishini xohlamasangiz — Reply qilib /ban komandasini yuboring